Topshiriq: “G`azal mulki”. Hazrat Navoiy bobomiz g`azallaridan bahramand bo`lamiz.
Buyuk siymolarni yod etib (Z.M. Bobur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “14 fevral shoh va shoir Bobur tavallud topgan kun”.
Doskada: “Zahiriddin Muhammad Bobur – jahon tarixida teran iz qoldirgan buyuk temuriyzoda”
O`qituvchi:
“Boburnoma” ning 460 yilligi bayramiga tashrif buyurgan mehmonlar qabul qilingani to`g`risida axborot:
Buyuk olim, shoir va davlat arbobi Bobur o`z ijodi bilan ko`plab xalqlarni birlashtirib turadi. Shunday ekan, mana shunday adabiyot bayramlarini tez-tez o`tkazib turishni yo`lga qo`yish kerak. Shu ma’noda olganda, Boburning 500 yilligi respublikamizda nishonlanmagani g`oyat afsuslanarlidir. Tarixda shunday insonlar bo`ladiki, ularning qadr-qimmati umuminsoniy qadriyatlar bilan o`lchanadi. Buyuk ajdodimiz Bobur aynan shunday zotlar sirasiga kiradi. Shu bois biz Bobur ijodini ko`pgina mamlakatlar olimlari, adiblari bilan hamkorlikda o`rganishimiz kerak.
Mustaqillikka erishgach, butun respublikamiz bo`ylab, Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni keng nishonlanib kelmoqda. Bobur bobomiz haqida O`zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romanini, ko`plab she’rlar, asarlar, spektal, videofilmlar olinmoqda.
Dostları ilə paylaş: |