Topshiriq: “Kichik matn tuzish” mashqi. “Suv - hayot manbai” mavzusida.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish. V. O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: _________ D.SAIDOVA Sinf rahbar: __________A.Bo`riqulov 30-mavzu: Tarixiy xotirasiz kelajak bo`lmaydi. (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
Kun shiori: “Xotira uyg`oq, qadr aziz” Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`tganlarning ruhlarini shod etish, tiriklar qadriga yetib yurishni uqtirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: O`qituvchi:
Bolalar, agar e'tibor bersangiz. odamlar doimo go'zallikka intiladi. Qip-qizil gilamdek bo'lib yoyilgan lolazorni yoki yuqoridan tinimsiz pastga sho'ng'iyotgan sharsharani ko'rganda, odamning yuragi g'alati hapriqib ketadi. Balki mana shunday holatlar qadim ajdodlarimizga ham ilhom bag'ishlab, ularni qoyatoshlarga surat ishlashga, ust-boshlarini turfa gul va ranglar bilan bezashga, uy-joylarini turli shakllarda qifislaga undagandir. Odamzod tabiatda ko'rganidek go'zalliklarni o'z qo'li bilan yaratish ishtiyoqida undan faqat nusxa ko'chirish bilan cheklanmadi. U o'zining badiiy idrokini tinimsiz rivojlantirish, tafakkur kuchi bilan benihoya nafis san'ai asarlarini yaratish yo'lidan borgan. Natijada asrlar o'tishiga qaramay o'z jozibasi, sir-sinoati, mukammalligini saqlab kelayotgan ko'plab san'at asarlari avlodlarga meros bo'lib qolgan. Arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik, musiqa va qo'shiqchilik, sahna san'ati va she'riyat singari o'nlab san'at yo'nalishlarida vujudga kelgan o'lmas obidalar inson badiiy tafakkuri qanday mo'jizalarga qouir ekanini isbotlab turibdi. Bunday san'at mo'jizalari bizning ona yurtimizda ham ko'plab topiladi. Ko'pchiligingiz Samarqandni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Balki Xiva yoki Buxoroga boigandirsiz. Endi ayting-chi: masalan, Samarqanddagi Bibixonim madrasasidek mahobatli inshootni qurish va bezash uchun millatning badiiy va ilmiy tafakkuri naqadar yuksaklikka ko'tarilgan bo'lishi kerak? Siz o'rgangan hazrat Navoiyning «Xamsa»si yoki Behzod mo'yqalamida chizilgan suratlar, Qodiriy romanlari yoxud poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi xalqimiz badiiy dahosi nihoyatda qudratli ekanidan dalolat bermaydimi?!Bunday mulohazani Siz tug'ilib o'sgan viloyat, tuman hudud'dagi san'at obidalari misolida ham bemalol aytish mumkin. Albatta, san'at asarlarini idrok etib anglash, boshqalarga anglatish ham odamdan alohida tayyoigarlikni, hatto iste'dodni talab qiladi. Chunki haqiqiy san'at asari, u qaysi san'at turida yaratilgan bo'lmasin, obrazli tafakkur mahsuli hisoblanadi. Obrazli tafakkur esa kundalik, oddiy fikrla^hdan jiddiy farq qiladi. Masalan, 5-sinfda o'qiganing bir asarni yodingga ol. Bu — fransuz adibi t-Ekzyuperining «Kichk na shahzoda» qissasi. Agar hayotga solishtirsak, bu qissadagi aksariyat voqealaming boiish umuman mumkin emas. Axir har bir odamning bittadan alohida planetada yashashini yoki ilonning odam bilan donishmandlardek suhbatlashishini tasawur qilib bo'ladimi? Agar san'at asariga yuzaki yondoshilsa, bu singari savollami ko'plab keltirish, yozuvchi — san'atkorni uyoirmachilikda ayblash ham mumkin.