283
ham har xil turdagi parrandalarning tuxumlari har xil vaqtda latoklarga
joylashtiriladigan qilib ishlab chiqilmoqda. Agarda
parranda tuxumlari uchun
inkubatorlarga haroratni universal qilib har qanday tuxumga mo‘ljallab harorat +38
0
C
etib belgilansa, bunda tuxumlardan ko‘proq foizini xo‘rozlar tashkil etishi kuzatilgan.
Tovuq tuxumlari inkubatorga joylashtirilgandan so‘ng 18 kun o‘tgach latoklardagi
tuxumlar inkubatorlarning maxsus yashiklariga latoklari bilan
yoki latoklarsiz terib
chiqiladiki, bu jo‘jalarni tuxumdan osonlik bilan ochib chiqishini ta’minlaydi. Shuni
ham ta’kidlash kerakki, tuxumlarni inkubatorlarga qo‘yishdan avval va qo‘yilgandan
so‘ng 4-9 kunlari ovoskopdan o‘tkazish orqali ularni otalangan va otalanmaganlari
ajratiladi va otalangan tuxumlar inkubatorning latoklariga terib chiqiladi.
Bundan
tashqari tuxumlarning normal holati (katta-kichikligi, tekisligi, po‘stlog‘ining toza va
butunligi va hakozolar) va ularni og‘irligini ham o‘lchab ko‘rish, og‘irligi esa o‘rtacha
52-65 grammni tashkil etishi inobatga olinadi [4, 8].
Dostları ilə paylaş: