Hasharotlarning qanotlari ko'krak qismining yon tomonidagi tana qoplag'ich burmasidan kelib chiqqan. Qanot juda yupqa ikki qavat plastinkaga o'xshash bo'lib, har ikkala qavat o'rtasida juda tor tirqish bo'ladi. Bu tirqish tana bo'shlig'ining davomi hisoblanadi. Qanotlardagi to'rlar xitin naychalardan iborat. Naychalar orqali traxeyalar va nerv tolalari o'tadi. To'rlar qanotlar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Qanotdagi to'rlarning shakli sistematik gurahlarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Qanot bo'ylab joylashgan to'rlar коstal, subkostal, radial, median, kubital, anal va yugal deb ataladi (7- rasm).
7- rasm. Hasharotlar qanotining tuzilishi. A - qanotining tomirlanishi. B - qanotining kesmasi, 1- kostal tomir, 2- subkostal tomir, 3 radial tomir, 4- medial tomir, 5- kubital tomir, 6- anal tomir, 7 - yugal 8- traxeya.
Qanotlarning harakati juda murakkab bo'lib, bir tomondan ularni hasharot tanasi bilan tutashish xususiyatiga, ikkinchi tomondan maxsus muskullarning qisqarishiga bog'liq. Odatda har bir qanot har xil yelkali richagdan iborat. Qanotlar ko'krak tergitlari va plevritlariga yupqa elastik membranalar orqali tutashgan. Tutashish joyidan sal keyinroqda yon plastinkalarning kalta ustunchasi joylashgan. Bu ustuncha qanot richagi uchun tayanch vazifasini o'taydi. Qanotlarning harakati quyidagicha sodir bo'ladi. Ko'krakdagi dorzoventral va bo'ylama muskullar tergitlarni ko'taradi yoki tushiradi.
(8-rasm). Hasharotlarqanotining ishlash sxemasi. A - qanot ko'tari'gan; В - qanot tushirilgan: 1 - tcrgit, 2 - qanot, 3 - ustun, 4 - yon plastinka, 5 -dorzoventral muskul, 6 - bo'ylama muskul, 7 - oyoqlarning asosiy bo'g'imi.
Tergitlar tushganida qanotlarning qisqa yelkasi bosib, ko'tarish plastinkasi yuqoriga ko'tariladi. Tergit ko'tarilganida esa qanotlarning plastinkasi pastga tushadi. Qanotlardagi bir qancha kichikroq muskullar hasharotlarning o'z tana o'qi atrofida burilishi uchun xizmat qiladi. Yirikroq hasharotlar(kapalaklar) qanotlarini bir sekund ichida 5-10 marta, mayda chivinlar 500-600 marta, juda mayda zaxkash chivinlar esa 1000 martagacha tebrantiradi.
Ko'pchilik hasharotlarning oldingi va keyingi juft qanotlari bir xilda rivojlanmagan. Faqat tuban tuzilgan hasharotlar, masalan, ninachilarning qanotlari deyarli bit xil kattalikda bo'ladi. To’g'ri qanotlilarning oldingi qanoti birmuncha dag'allashgan. Qo'ng'izlarning oldingi qanoti qalin va qattiq, ustki qanot - elitrani hosil qiladi. Ustki qanot ostki pardasimon qanotni muhofaza qilib turadi. Qandalalarda ustki qanotning asosiy qismi qattiqlashgan, shu sababdan ular chala qattiqqanotlilar deb ataladi. Ikki qanotlilarning keyingi orqa juft qanotlari reduksiyaga uchragan, qanot qoldiqlari esa ovoz chiqarish vazifasini bajaradi. Ayrim hasharotlar (burgalar, bitlar) ning qanotlari parazit yashash ta'sirida butunlay yo'qolib ketgan. Tuban hasharotlarda qanot rivojlanmagan.