Tuzlar gidrolizi


Organik moddalar gidrolizi



Yüklə 78,17 Kb.
səhifə2/5
tarix05.12.2023
ölçüsü78,17 Kb.
#172920
1   2   3   4   5
tuz effekti Kam eltuvchi tuzlarda cho\'kma hosil bo\'lishi va cho\'kmalarning erish shartlari Gidrolis reaksiyasi muvozanatiga ta\'sir etuvchi omillar eruvchanlik ko\'paytmasi

Organik moddalar gidrolizi:
1) Murakab efirlar gidrolizidan kislota va spirtlar hosil bo’ladi;

CH3COOC2H5 + H2O → CH3COOH + C2H5OH
etilatsetat sirka kislota etanol

2) Yog’lar va moylar gidrolizidan glitserin va yog’ kislotalari hosil bo’ladi;



C3H5(C17H35COO)3 +3H2O → C3H5(OH)3 + 3C17H35COOH
tristearat glitserin stearin kislota
3) Di- va polisaxaridlarning gidrolizi monosaxaridlar hosil bo’ladi;

C12H22O11 + H2O → C6H12O6 + C6H12O6
saxaroza glukoza fruktoza



4) Oddiy oqsillar (protein) gidrolizidan faqat aminokislotalar hosil bo’lsa, murakkab oqsillar (proteidlar) gidrolizidan aminokislotalar bi-lan birga boshqa moddalar (uglevod, yog’, metall va b.) hosil bo’ladi;
5) Nuklein kislotalar (polinukleotidlar) gidrolizidan mononukleotidlar hosil boladi. Mononukleotidlar ham o’z navbatida gidrolizlanishdan nukleozid va fosfat kislotasini, keyinchalik nukleozid gidrolizidan azotli asos qoldig’i (purin yoki pirimidin) va uglevod (pentozalar – riboza yoki dezoksiriboza) hosil bo’ladi.

Tuzlar gidrolizi. – kuchli elektrolit bo’lgan tuzning suv ta’sirida kuchsiz elektrolit hosil qilish hodisasi. Biz tuzlarni gidroliz xarakteriga ko’ra shartli ravishda to’rt guruhga ajratamiz:

1) Kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuz (NaCl, K2SO4, Ba(NO3)2 va h.k.) gidrolizga uchramaydi. Chunki bunday tuzning ionlari suvdan hosil bo’ladigan H+ yoki OH- ionlarini bog’lamaydi va kam dissotsiyalanadigan modda hosil qilmaydi. Masalan;
KNO3 + H2O ↔ KOH + HNO3
K+ + NO3- + H2O ↔ K+ + OH- + H+ + NO3-
Bu jarayonning qisqa ionli tenglamasi; H2O ↔ H+ + OH-
Ko’rinib turibdiki, tuzning hech bir ioni suv ionlarini bog’lamadi, demak, bunday tuzlar gidrolizlanmaydi. Erimada erkin vodorod va gidroksid ionlari teng bo’lganligi uchun muhit neytral bo’ladi.

2) Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar (masalan; KCN, Na2CO3, Ca(NO2)2 va h.k.) anioni bo’yicha gidrolizga uchraydi. Sabab, tuzning anioni suvning dissotsiyalanishidan hosil bo’ladigan H+ ionlarini bog’laydi va kam dissotsiyalanadigan modda hosil qiladi. Natriy atsetat gidrolizini ko’rib chiqadigan bo’lsak;
CH3COONa + H2O ↔ CH3COOH + NaOH
Uning to’la ionli tenglamasi quyidagicha bo’ladi;
CH3COO- + Na+ + H2O ↔ CH3COOH + Na+ + OH-
Tenglamani qisqartirilgan ko’rinishga keltirsak;
CH3COO- + H2O ↔ CH3COOH + OH-
atsetat anioni suvdan hosil bo’lgan vodorod kationini bog’lab, erkin gidroksid ioni ajralishiga sababchi bo’lmoqda, shuning uchun muhit ishqoriy bo’ladi.

3) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo’lgan tuzlar (masalan; ZnCl2, (NH4)2SO4, Cu(NO3)2 va h.k.) kationi bo’yicha gidrolizga uchraydi. Sabab, tuzning kationi suvning dissotsiyalanishidan hosil bo’ladigan OH- ionlarini bog’laydi va kam dissotsiyalanadigan modda hosil qiladi. Misol tariqasida ammoniy xlorid tuzi gidrolizini ko’rib chiqadigan bo’lsak;
NH4Cl + H2O ↔ NH4OH + HCl
Ushbu reaksiyani to’la ionli ko’rinishda yozib olsak;
NH4+ + Cl- + H2O ↔ NH4OH + H+ + Cl-
Tenglamani qisqartirilgan ko’rinishi quyidagicha bo’ladi;
NH4+ + H2O ↔ NH4OH + H+
Ammoniy kationi suvdan hosil bo’lgan gidroksid anionini bog’lab, erkin vodorod ioni ajratadi, shuning uchun muhit kislotali bo’ladi.

4) Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar (masalan; Cr2S3, (NH4)2CO3 va b.) ham kationi, ham anioni bo’yicha gidrolizga uchraydi. Shuning uchun to’liq yoki qaytmas gidroliz deb yuritiladi. Tuzning kationi suvning dissotsiyalanishidan hosil bo’ladigan OH- ionlarini bog’laydi, anioni esa H+ ionlarini bog’lab kam dissotsiyala-nadigan modda hosil qiladi.
Agar ammoniy formiat tuzi gidrolizini ko’rib chiqadigan bo’lsak;
HCOONH4 + H2O ↔ NH4OH + HCOOH
Ushbu reaksiyani to’la ionli ko’rinishda yozib olsak;
HCOO- + NH4+ + H2O ↔ NH4OH + HCOOH
Tenglamani qisqartirilgan ko’rinishi ham yuqoridagi ko’rinishda bo’ladi. Ammoniy kationi suvdan hosil bo’lgan gidroksid anionini bog’laydi, formiat anioni esa vodorod ionini bog’laydi, shuning uchun eritmada erkin vodorod va gidroksid ionlari bo’lmaydi va mu-hit deyarli neytral bo’ladi. Deyarli deyishimizning sababi muhitning kuchsiz kislotali yoki kuchsiz ishqoriy bo’lib qolishiga hosil bo’lgan kuchsiz elektrolitlarning dissotsiyalanish holati sabab bo’ladi.


Yüklə 78,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin