Tuzlar gidrolizi


Gidroliz jarayoniga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 78,17 Kb.
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü78,17 Kb.
#172920
1   2   3   4   5
tuz effekti Kam eltuvchi tuzlarda cho\'kma hosil bo\'lishi va cho\'kmalarning erish shartlari Gidrolis reaksiyasi muvozanatiga ta\'sir etuvchi omillar eruvchanlik ko\'paytmasi

Gidroliz jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.
1) Gidrolizni kuchaytiradigan omillar;
- suv qo’shih – tuzni gidrolizini ta’minlovchi agent bu suv, uning miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, gidroliz ham shuncha kuchli bo’ladi
- temperaturani oshirish –Chunki temperatura ta’sirida molekulalar haqakati tezlashib xalqimiz tili bilan aytg anda “bo’ladigan ish tezroq bo’ladi”.
- gidroliz muhitiga teskari muhit hosil qiladigan modda qo’shish. Bunda gidroliz jarayonida hosil bo’ladigan H+ yoki OH- ionlari qo’shilgan modda bilan qisman neytrallashib, muhitdan chiqib ketadi va Le Shatelye prinsipiga muvofiq “muvozanatda turgan sistemaga qandaydir omil ta’sir etsa, sistema shu ta’sir kuchi kamayadigan tomonga siljiydi”.


2) Gidrolizni susaytiradigan omillar;
- tuz qo’shih – tuz va suv munosabatida tuzning qo’li baland kela boshlaydi va bu uning parchalanish kamayishiga sababchi bo’ladi
- temperaturani pasaytirish – haroratni kamayishi molekulalar harakatini sekinlashtirib jarayonni sustroq kechishini ta’minlaydi.
- gidroliz muhitiga mos muhit hosil qiladigan modda qo’shish. Bunda gidroliz jarayonida H+ yoki OH- ionlarining hosil bo’lishi qo’shilgan moddadagi xuddi shunday ionlar ta’sirida kamayib ketadi.
Masalan: Natriy atsetat gidrolizini oshirish uchun temperaturani ko’tarish, suv qo’shish yoki HCl, SO3, Zn(NO3)2 kabi kislotali muhit hosil qiladigan moddalar qo’shiladi. Gidroliz jarayonini susaytirish uchun esa temperaturani kamaytirish, CH3COONa yoki ishqoriy muhit hosil qiladigan KOH, CaO, soda kabi moddalar qo’shiladi.

Masala – 1. 0,1M li 400 g (ρ = 1,25 g/ml) Al2(SO4)3 eritmasidagi barcha ionlarning miqdorlari yig’indisini aniqlang. Gidrolizlanish darajasi 5% ga teng. (suvning dissotsilanishi hisobga olinmasin).

Yechish: Suvga tushgan elektrolit avvolo ionlarga dissotsilanadi.
1) Dastlab eritmaning hajmini, keyinchalik undan foydalanib moddaning miqdorini (mol) aniqlaymiz:
V = m / p = 400 g / 1,25 g/ml = 320 ml = 0,32 litr
n = C ∙ V = 0,1M ∙ 0,32 litr = 0,032 mol Al2(SO4)3
2) Bizga berilgan tuz kuchli elektrolit bo’lganidan uni toliq ionlarga ajralgan deb hisoblaymiz.
Al2(SO4)3 → 2Al+3 + 3SO4-2
0,032 mol 0,064 mol 0,096 mol
Hosil bo’lgan ionlardan kuchsizi suv molekulalari bilan ta’sirlashadi.
3) Sulfat ionlar o’zgarishga uchramaydi, ya’ni gidrolizlanmaydi. Aluminiy kationlarining 5% i suv molekulalari bilan tasirlashadi:
0,064 mol Al+3 → 100%


x mol Al+3 → 5%

x = 0,0032 mol Al+3 ionlari gidrolizga uchraydi.
4) Uning gidrolizini quyidagicha ifodalaymiz:
Al+3 + 3H2O → Al(OH)3 + 3H+
0,0032 mol Al+3 0,0096 mol H+
5) Tuzning dissotsilanishidan hosil bo’lgan sulfat anioni, gidrolizdan ortgan aluminiy va hosil bo’lgan vodorod kationlarini qo’shamiz:
0,096 mol SO4-2; 0,0096 mol H+; 0,064 – 0,0032 = 0,0608 mol Al+3
0,096 + 0,0608 + 0,0096 = 0,1664 mol ionlar.


Yüklə 78,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin