107. Bir son ikkinchisidan 6 ta ortiq, uchinchisidan esa 9 ta kam. Bu uchta son yig’indisini
3 ga bo’lganda, bo’linma 18 ga teng. Shu sonlarni toping?
108. Eng katta uch xonali son hosil qilish uchun eng katta bir xonali songa necha marta eng
katta ikki xonali sonni qo’shish kerak?
109. 43 ta sayyohdan 30 tasi ingliz, 22 tasi fransuz tilini bilishadi. Sayyohlardan necha
nafari ikkala tilda gaplashadi?
110. 60 nafar talabadan 36 nafari xitoy, 32 nafari koreys tilini biladi. Talabalardan necha
nafari shu tillatdan faqat bittasini biladi?
111. Bir son ikkinchisidan 1320 ta ortiq. Katta sonni kichigiga bo’lsak, to’liqsiz bo’linma 2
, qoldiq esa 580 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping ?
112. Matematik kechada o’quvchilarga 50 ta savol berildi. Har bir to’g’ri javob uchun 10
ball berildi, har bir noto’g’ri javob uchun esa 12 ball chegirib tashlandi. O’quvchi jami 258
ball to’plagan bo’lsa, u nechta savolga to’g’ri javob bergan?
113. Kulol 75 ta ko’zasini bozorga olib borish uchun arava yolladi. “Sindirmay olib borgan
har bir ko’za uchun 30 so’mdan beraman. Singan har bir ko’za uchun 120 so’m to’laysan”-
dedi kulol. Aravakash rozi bo’ldi. Bozorga kelgach, butun qolgan ko’zalarni sanab kulol
aravakashga 1650 so’m berdi. Yo’lda nechta ko’za singan?
114. Umida 18 yoshda. Uning yoshi onasi yoshining 3/7 qismiga teng. Onasining yoshi
Umidaning buvisi yoshining 7/11 qismiga teng. Umidaning buvisi onasidan necha yosh
katta?
115. 3 ta shkafda 322 ta kitob bor. 1- shkafga 2-siga qaraganda 22 ta kam, ammo 3-siga
qaraganda 12 ta ko’p kitob bor. Har bir shkafda nechtadan kitob bor?
116. Avtobusning tezligi “Neksiya”ning tezligidan 40 km/soat kam. Ma’lum bir masofani
“Neksiya” 6 soatda, avtobus 10 soatda o’tadi. Avtobus va “Neksiya”ning tezliklarini toping?