Tuzuvchi: X. Boltayev



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix23.09.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#147491
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
MATEM PREIZDENT MAKTABIGA

134.
 
Tarozining bir pallasida konfet solingan uchta bir xil paket va ikkita 3 kg lik tosh bor. 
Ikkinchi pallasida esa konfet solingan bitta shunday paket va ikkita 5 kg lik tosh bor. Agar 
tarozi muvozanatda bo’lsa, konfet solingan bitta paketning og’irligi qancha? 
135.
 
Tarozining bir pallasida bir xil uch banka olma sharbati va bitta 5 kg lik tosh bor. 
Ikkinchi pallasida esa shunday ikki banka sharbat va to’rtta 2 kg lik tosh bor. Agar tarozi 
muvozanatda bo’lsa, bir banka olma sharbatining og’irligi qancha? 
136.
 
Bir kishi 4 kg olma sotib oldi. Pul to’laganda sotuvchidan 40 so’m qaytim oldi. Agar 
bu kishi 6 kg olma olganda edi, yana 40 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. 1 kg olma qancha 
turadi? 
137.
 
Halima 5 dona konfet sotib olib, 50 so’m qaytim oldi. Agar u 8 dona konfet olganda 
edi, yana 160 so’m to’lashi kerak bo’lar edi. Bir dona konfet necha so’m turadi? 
138.
 
Avtobazada turgan yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 46 ta kam. Agar 
avtobazadagi yuk mashinalar avtobuslarga qaraganda 3 marta kam bo’lsa, yuk mashinalar 
nechta? 
139.
 
Arqon ikki bo’lakka shunday bo’lindiki, birinchi bo’lagi ikkinchisidan 4 marta uzun 
bo’ldi. Agar birinchi bo’lagi ikkinchisidan 18 m uzun bo’lsa, har qaysi bo’lakning uzunligi 
qancha? 
140.
 
2 ta avtobusda 69 ta yo’lovchi bor. 1- avtobusdan 5 ta, 2- avtobusdan 7 ta yo’lovchi 
tushgandan keyin, 1- avtobusda 2- sidan 2 marta kam yo’lovchi qoldi. Har bir avtobusda 
qancha yo’lovchi bo’lgan? 
141.
 
Agar har bir uyning oldiga 7 tupdan daraxt ko’chati o’tqazilsa, u holda 50 tup ko’chat 
yetmaydi. Agar 5 tupdan o’tqazilsa, 10 tup yetmaydi. Ko’chada nechta uy bor? 
142.
 
4- sinf o’quvchilari futbol to’pi sotib olishmoqchi bo’lishdi. 5 so’mdan pul 
yig’ishganda to’plangan pul futbol to’pi narxidan 15 so’m kam bo’lib qoldi. 6 so’mdan 
yig’ishganda, to’plangan pul futbol to’pi narxidan 7 so’m ortiq chiqdi. Sinfda nechta 
o’quvchi bor va to’pning narxi necha so’m? 



Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin