143. Otasi 41 yoshda, katta o’g’il 13 yoshda, qizi 10 yoshda, kenja o’g’li 6 yoshda. Necha
yildan keyin otasining yoshi bolalari yoshlari yig’indisiga teng bo’ladi?
144. O’g’il otasidan necha yoshdasiz deb so’radi. Otasi “yoshimning yarmiga 12 ni
qo’shsang, 12 yil oldingi yoshimni bilib olasan”, dedi. Ota necha yoshda?
145. Qizi bilan o’g’li birga necha yoshda bo’lsa, ota shuncha yoshda. O’g’il qizdan ikki
marta katta va otasidan 20 yosh kichik bo’lsa, ularning har biri necha yoshda?
146. 4 ta paketda teng sonda konfetlar bor. Agar har qaysi paketdan 9 tadan konfet olinsa,
hamma paketda, oldin har birida nechta bo’lsa, shuncha konfet qoladi. Har qaysi paketda
nechtadan konfet bo’lgan?
147. Tarvuz 100 so’m va yana yarimta tarvuz haqicha turadi. Tarvuz qancha turadi?
148. Jamoadagi 11 ta futbolchining o’rtacha yoshi 22. O’yin vaqtida o’yinchilardan biri
shikastlandi va maydondan chiqib ketdi. Maydonda qolgan o’yinchilarning o’rtacha yoshi 21
ga teng bo’lib qoldi. Maydondan сhiqib ketgan o’yichining yoshini toping?
149. Po’lat, Salim, Ilhom va Akrom baliq tutishdi. Hammalari 40 ta baliq tutishdi. Po’lat
Salimdan 4 ta ortiq, Salim Ilhomdan 4 ta ortiq, Ilhom Akramdan 4 ta ortiq baliq tutdi. Har
qaysi bola nechta baliq tutgan?
150. Kitob daftardan 5 marta yoki 1600 so’m qimmat turadi. Kitob va daftarning narxini
toping?
151. Bugun Rustam bilan otasining tug’ilgan kuni. Ota o’g’lidan roppa-rosa 11 marta katta.
6 yildan keyin otasi faqat 5 marta katta bo’ladi. Rustam necha yoshda?
152. Baliqchi bir baliq tutdi. Shu baliq dumining massasi 1 kg ga teng. Boshining massasi
dumi bilan tanasi yarmining massasi qancha bo’lsa, shuncha. Tanasining massasi esa
boshining massasi bilan dumining massasiga teng. Butun baliqning massasi qancha?