120.
Mashina 455 km masofani soatiga 65 km tezlik bilan bosib o’tdi. Tezligi soatiga 90
km bo’lgan mashina shu vaqt ichida necha km yo’l bosadi?
121.
Buyumning narxi 36000 so’m edi. Buyum avval bu narxining 2/9
qismiga
qimmatlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 3/11 qismiga arzonlashdi. Endi
buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi?
122.
Kulol 25 ta ko’zani bozorga olib borish uchun arava yolladi. Bozorga olib kelingan har
bir butun ko’za uchun kulol aravakashga 1500 so’m beradi. Sindirib qo’yilgan har bir ko’za
uchun aravakash kulolga 5000 so’m to’laydi. Yo’lda bir nechta ko’za sinib qolibdi va kulol
aravakashga 18000 so’m berdi. Nechta ko’za bozorga sinmay kelgan?
123.
Ikki sonning yig’indisi 2604 ga teng. Sonlarning kattasini kichigiga bo’lsak, to’liqsiz
bo’linma 5 va qoldiq 6 ga teng bo’ladi. Shu sonlarni toping?
124.
Bog’da 600 tup mevali daraxt bor. Ularning 13/30
qismi olma, 11/20
qismi nok,
qolgani olxo’ri. Bog’da necha tup olxo’ri bor?
125.
Buyumning narxi 23400 so’m edi. Buyum avval bu narxining 2/15 qismiga
arzonlashdi. Ma’lum vaqt o’tgach, yangi narx o’zining 2/15 qismiga qimmatlashdi. Endi
buyumning narxi necha so’m bo’lib qoldi?
Dostları ilə paylaş: