69.
Sayohat uchun ma’lum miqdorda pul yig’ish kerak edi. Agar har bir sayohatchi 730
so’mdan to’lasa, to’lovga 2160 so’m yetmaydi. Agar har bir sayohatchi 810 so’mdan to’lasa,
keragidan 1680 so’m ortib qoladi. Sayohatda necha kishi qatnashishi kerak edi?
70.
Homiylar tomonidan bolalar bog’chasiga 42 ta uch g’ildirakli va ikki g’ildirakli
velosipedlar sovg’a qilindi. Agar hamma velosipedlarning g’ildiraklari 99 ta bo’lsa, uch
g’ildirakli velosipedlar nechta?
71.
Kamayuvchi, ayriluvchi va ayirmaning yig’indisi 816 ga teng. Kamayuvchini toping?
72.
Ota o’zining katta o’g’lidan 3 marta katta, kichik o’g’lidan esa 40 yoshga katta. Katta
o’g’il ukasidan 3 marta katta bo’lsa, ularning har birining yoshi nechada?
73.
Kitob betlarini sahifalab chiqish uchun 658 ta raqam ishlatildi. Agar sahifalash 3-
betdan boshlangan bo’lsa, kitob necha betlik?
74.
O’quvchiga testda 30 ta masala berildi. Har bir to’g’ri yechilgan masala uchun 5 ball
berilib, noto’g’ri yechilgan har bir masala uchun 9 ball chegirildi. Agar o’quvchi 66 ball
to’plagan bo’lsa, u nechta masalani noto’g’ri yechgan?
75.
Agar maydonning har gektaridan 36 sr dan bug’doy
hosili olinsa,
planni bajarish
uchun 10 t yetmaydi. Agar har gektaridan 44 sr dan hosil olinsa, plan 70 t oshirib bajariladi.
Maydonning yuzi necha gektarga teng?
76.
Bir son ikkinchi sondan 8 ta ortiq. Ularning o’rta arifmetigi 30 ga teng. Shu sonlarni
toping?
Dostları ilə paylaş: