Diagnostik operatsiyalarning maqsadi tashxisni aniqlashtirish, jarayonning bosqichini aniqlashdir. Diagnostik operatsiyalar qo'shimcha usullar bilan klinik tekshirish davomida to'g'ri tashxis qo’yish imkoni bo’lmaganda, shifokor bemordagi kasallikni to’liq aniqlamagamda to’gri davo muolajasini olib borish maqsadida bajariladi.
Diagnostika operatsiyalari orasida biopsiya, maxsus va an'anaviy jarrohlik turlarini ajratish mumkin.
Biopsiya. Jarroh tashxisni aniqlash uchun o’smadan gistologik tadqiqotlar uchun biopsiya olinishidir.
Uch xil biopsiya mavjud:
Ekscizion biopsiya. O’sma butunlay olib tashlanadi.
Incizion biopsiya. Gistologik tekshirish uchun o’smaning bir qismi (organ) olinadi.
Punksion biopsiya.
Bu muolajani operaciya emas balki invaziv tekshiruv usuliga kiritsa to’gri bo’ladi. Teri orqali igna yordamida punksiya qilinadi va hujayralar va to'qimalarning qismidan iborat igna shisha oynachaga olib gistologik tekshiruv uchun yuboriladi, olingan suyuqlik esa sitologik tekshiruvga yuboriladi. Ushbu biopsiya usuli bemor uchun eng oddiy va zararsiz bo’lib eng aniq hisoblanadi.
Maxsus tashxis tekshiruv muolajalari Ushbu diagnostic operaciyalarga endoscopic tekshiruv usullari – laparo yoki toracoscopiya kiradi (endoskopik ko'rikdan tabiiy teshiklar orqali -fibroezofagogastroskopya, cistiscopiya va bronkoskopya usullari) va bu guruh endoskopik ko'rikni o'z ichiga oladi.
Laparoskopik yoki torakoskopik tekshruvlar o’sma jarayonini qaysi bosqichda ekanligini aniqlash uchun saraton aniqlangan bemorlarda amalga oshirilishi mumkin. Bu maxsus tekshiruv usullari bemorda shoshilinch xolatlarda (qon ketish) amalga oshirilishi mumkin.
Diagnostika maqsadida an'anaviy jarrohlik operatsiyalari. Ushbu muolajalar bemorni tekshirish davomida tashxisni aniqlash imkoni bo’lmaganda bajariladi . Eng keng tarqalgan amalga diagnostik laparotomya hisoblanadi. Bunday operatsiyalar ham rejalashtirilgan, ham shoshilinch tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Jarrohlik rivojlanishi bilan bemorlarning tekshirish usullarini takomillashishi bilan tashxis qo’yish uchun an'anaviy jarrohlik usullari kamroq amalga oshiriladi.