Bemorlarni operatsiyadan keyingi davrda ovqatlantirish.
Ovqatlantirish bemorning qaysi kasallik bo’yicha operatsiya bo’lganligi turiga va qancha davom etganligiga bog’liq.
OIT bilan operatsiya bo’lgan bemorlar birinchi kun enteral ovqatlantirilmaydi, keyingi kunlardan cheklangan (bulyonlar, kisel, suxarik va boshqalar) stol №1a yoki 15a, keyin umumiy stol №15ga o’tkaziladi.
OITni yuqori qismi bilan operatsiya bo’lgan bemorlarga birinchi 2 kun enteral ovqatlantirilmaydi. Faqat parenteral ovqatlantiriladi: vena ichiga qon o’rnini bosuvchi dorilar, glyukoza, oziqlantiruvchi huqnalar. 2-3 kundan stol №0 (bul’on, kisel) 4-5 kundan stol №1a (qotgan non qo’shiladi); 6-7 kundan stol №16 (kashasimon ovqatlar); agar asorati bo’lmasa 10-12 kundan umumiy stol №15 buyuriladi.
Qorin bo’shlig’i operatsiyalarida, lekin OIT (o’t qopi, oshqazon osti bezi, taloq) butunligi buzulmaganda stol №13 (bul’on, sho’rvalar, kisel, jigar, olma) tavsiya etiladi.
Yo’g’on ichak operatsiyalarida bemorga 4-5 kun ichi kelmasligini ta’minlash kerak. Bunga ovqat suyuq formada kam miqdorda beriladi va 8-10 tomchi opiya beriladi.
Og’iz bo’shlig’i operatsiyalarida burun orqali oshqozonga zond qo’yiladi va zond orqali (suyuq ovqatlar) ovqatlantiriladi.
OITga bog’liq bo’lmagan operatsiyalarda operatsiyadan 1-2 kunlardan keyin stol №1a yoki №1b buyuriladi, keyinchalik stol №15 ga o’tkaziladi.
Ovqat tarqatish va ovqatlanirish Ovqat shifoxonani hamma bo’limlariga yagona oshxonada (ovqat pishiradigan joy) tayyorlanadi. Hamma bo’limlarda ovqat olib keladigan va tarqatadigan mas’ul shaxs markerda yozilgan haroratdan izalatsiyalangan idishda ovqatni olib keladi. Har bir bo’lim oshxonasida (tarqatish) ovqat isitish uchun plitalar mavjud bo’ladi, kerak bo’lsa ovqatni isitish uchun, birinchi suyuq ovqat va issiq ichimliklar 75°Cdan past, ikkinchi ovqat esa 65°Cdan past va salqin ovqat va ichimliklar 7-14°Cdan past bo’lmasligi kerak.
Ovqatni ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi tarqatadi.
Yura oladigan bemorlar bo’lim oshxonasiga chiqadi. Yotoq rejimidagi bemorlarga ovqat tarqatadigan hamshira yoki xona hamshirasi oborib beradi. Ovqat tarqatishdan oldin xalat (tarqatish uchun) kiyishlari shart, farroshlar ovqat tarqatilgan paytda oshxonani tozalash ishlarini olib borishmaydi.
Ovqat tarqatish paytida bemorlar davo muolajalarini va fizioterapiyalarni toxtatib turishlari kerak. Kichik tibbiyot xodimi og’ir bemorlarga qo’lini yuvishga yordam berishlari kerak. Biroz bosh qismi ko’tariladi, agar qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa. O’zi ovqatini yeya olmaydigan bemorlarga kichik tibbiyot xodimi yordam berish kerak. Suyuq ichimliklarni maxsus piyola idishida beriladi, suyuq ovqatni qoshiqlab bersa xam bo’ladi. Ovqat paytida bemor gaplashishi mumkun emas, ovqat massasi gapiryotgan paytida nafas yo’liga tushishi mumkun. Bemorni ovqatni oxirigacha yemasa zo’rlash kerak emas. Bir ozdan so’ng ovqatni isitib berish mumkun (rasm.1).
Rasm.1. Og’ir bemorni ovqatlantirish: a – payola orqali; b – qoshiq orqali. (Istochnik foto: Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik)
Ovqatdan 20-30 daqiqadan so’ng bush idishlarni olish kerak.
Bir xil kasalliklarda og’iz orqali ovqatlanish qiyin yoki ilojisi bo’lmaydi (og’iz kasalliklarida, qizilo’ngach, oshqazon kasalliklarda va hushini yo’qotganda). U payt zond bilan oziqlantiriladi, ya’ni sun’iy ovqatlantiriladi. Sun’iy ovqatlantirish burun orqali va og’iz orqali qo’yilgan oshqazondagi zond orqali, yoki gastrastoma orqali ovqatlantiriladi.