Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə41/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Kerakli anjomlar. Furatsilinning 1:5 000 eritmasi, kumush nitratning 1:5 000 yoki kaliy permanganatning och-pushti rang eritmasi; 3 % vodorod peroksid eritmasia; 96% spirt; Jane shpritsi; steril pintset; steril paxta shariklar va doka salfetkalar; siydik yig’gich; suvli hammom idishi; siydik yig’ish uchun konteyner; leykoplastir yoki maxsus teshikli kamar; rezina qo’lqop.
Tsistostomani parvarishlash bosqichlari:
Siydik qopiga oqma orqali Petsser yoki Maleko kateteri o’tkaziladi. Bu kateterlar uchida kengayish bo’lib, tushib ketishini oldini oladi. Manipulyatsiya rezina qo’lqopda bajariladi.

  1. Furatsillin yoki kumush nitrat eritmasi idishdagi suvli hammomda +38 °С isitiladi va Jane shpritsiga 100-150 ml olinadi.

  2. Petsser kateteri siydik yig’adigan konteynerdan uziladi.

  3. Kateterga Jane shpritsi ulanadi va siydik qopi antiseptik eritma bilan yuviladi, siydik yig’gichga chiqariladi.

  4. Siydik yig’gich konteyner yuviladi yoki yangisiga almashtirib kateterga ulanadi.

  5. Kateter atrofi perikis vodorodga namlangan paxta bilan artiladi.

  6. Tsistostoma atrof terisi spirt bilan artiladi.

  7. Quruq aseptik bog’lam qo’yiladi. Bunda salfetka o’rtasigacha kesiladi va kateter atrofidan aylantirib joylashtiriladi. Ustidan ikkinchi salfetkani ham shunday kesib qarama-qarshi tomondan qilib joylashtiriladi.

  8. Salfetkalar leykoplastir yoki bandaj bilan mahkamlanadi.

Izoh. Tsistostomadan (epitsistostoma) siydik yaxshi chiqishi uchun bemorni yon tomonga aylantirib turish tavsiya etiladi.


Nazorat savollar

  1. Operatsiyadan keyingi davr to’g’risida tushuncha.

  2. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni parvarishlash qoidalari qanday?

  3. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni kuzatish.

  4. Operatsiyadan keyingi yarani parvalishlash qoidalari qanday?

  5. Kolostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?

  6. Tsistostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?



Adabiyotlar:

  1. Sestrinskoye delo v xirurgii: uchebnoye posobiye., N.V.Barikina, V.G.Zaryanskaya. - izd. 12-e. - Rostov-na-Donu, «Feniks», 2012.

  2. Mazurin A.V., Zaprudnov A.M., Grigor’yev K.I. Obshiy uxod za det’mi: Uchebnoye posobiye. - 3-e izd., pererab. i dop. - M.: Meditsina, 1998.

  3. Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik. Minsk. Vish.shkola. 2011. -527 s.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin