Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə37/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Nazorat savollari:
1. “Vegetativ buzilish sindromi” qanday bilinadi? 
2. “Astenik sindrom» qanday bilinadi?
3. “Fobiya sindrom» qanday bilinadi?
4. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari nimalarni bilishi va nimalarga ahamiyat qilishi lozim?
5. Vrachlar operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bolalarning qanday psixologik muammolariga duch kelishadi?
6. Tibbiyot xodimini bemor bola yaqinlari va qarindoshlari bilan muloqot qilish taktikasi qanday?


Adabiyotlar:

  1. Osnovi meditsinskoy i klinicheskoy psixologii: uchebnoye posobiye / Pod redaksiyey d.m.n. S. B. Seleznyova. – Astraxan’, 2009. – 272 s.

  2. Petrova N. N. Psixologiya dlya meditsinskix spetsial’nostey. Uchebnik / N. N. Petrova. – M.: AKADEMIYA, 2008. – 320 s.

  3. Sidorov P. I. Klinicheskaya psixologiya: Uchebnik / P. I. Sidorov, A. V. Parnyakov. – 3-e izd. – M.: GEOTAR-Media, 2008. – 880 s.



Mashg’ulot №12
SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI DAVRDA BAJARILADIGAN MUOLAJALAR AHAMIYATI. ICHAK VA SIYDIK OQMASI BO’LGAN BEMORLARNI PARVARISHLASH.


Operatsiyadan so’nggi davr to’g’risida tushuncha. Operatsiyadan so’nggi davr – bu operatsiya tugagandan to bemorning kasalxonadan tuzalib chiqib, mehnat faoliyati tiklanguncha bo’lgan davri hisoblanadi. Operatsiya hajmi, xarakteri va bemor umumiy holatiga ko’ra bu davr bir necha kundan bir necha oygacha cho’zilishi mumkin. Xirurgik operatsiya natijasi operatsiyadan so’nggi davr qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Bu davrda bemorlarni parvarishda o’rta tibbiyot xodimi o’rni juda katta. Vrach ko’rsatmasini to’g’ri va o’z vaqtida bajarish, bemorga to’g’ri munosabatda bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi hisoblanadi.
Kichik operatsiyalardan keyin, asosan mahalliy og’riqsizlantirilib qilingan operatsiyalardan keyin bemor bolani umumiy palataga qo’yiladi. Ko’krak yoshidagi bolani onasi qo’liga beriladi. Katta operatsiyalardan keyin bemor maxsus jihozlangan, reanimatsion yordam ko’rsatishga mo’ljallangan operatsiyadan keyingi palatalarga o’tkaziladi. Operatsiya xonasidan bemor bolani operatsiyadana keyingi palataga o’tkazish vrach-anesteziolog yoki operatsiyadana keyingi palata hamshirasi yordamida amalga oshiriladi. Bu vaqtda bemorga qo’shimcha jarohat yetkazmaslik, bog’lamni surib yubormaslik, gipsni sindirmaslikka katta ahamiyat berish lozim. Operatsion stoldan bemorni katalkaga o’tkaziladi va unda operatsiyadana keyingi palataga olib boriladi. Katalka zambili bilan krovatni oyoq tomoniga to’g’rilab qo’yiladi. Keyin katalkadan bemorni qo’lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni boshqa holatda, ya’ni zambilni krovatni bosh tomoniga to’g’rilab ham yotqizsa bo’ladi (rasm.1).

Rasm.1. Zambildan bemorni karavatga olib yotqizish sxemasi. (Rasm manbai: Mazurin A. V. Obshiy uxod za det’mi:)
Hozirgi vaqtda umumiy narkoz stida o’tkazilgan murakkab operatsiyalardan keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo’limiga o’tqaziladi. Keyinchalik bemor ahvoli yaxshilanishiga qarab operatsiyadan so’nggi palataga yoki umumiy palataga o’tkaziladi. Operatsiyadan so’nggi palata katta bo’lmasligi lozim (ko’pi bilan 2-3 bemorga mo’ljallangan). Bu palatada markazlashgan kislorod berish tizimi va reanimatsion yordam ko’rsatishga kerak bo’ladigan hamma instrumentlar jamlanmasi, apparatlar, dori vositalari bo’lishi shart.
Asosan bemorga ma’qul joylanishni amalga oshirishga imkon beradigan fuksional krovatlar bo’ladi. Krovatga tagidan kleyenka qo’yilgan toza oqlik solingan bo’ladi. Bemorni krovatga yotqizishdan oldin oqliklar isitgich bilan isitiladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin