Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə34/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

KOMPRESS
Kompress (lat. compression – bosmoq, siqmoq) – doka yoki boshqa mato bilan qo’yilgan ko’p qavatli davolovchi bog’lam, asosan paxta, yog’li qog’oz yoki suv o’tkazmaydigan plyonka bilan birga ishlatiladi.
Ko’rsatma: lat yeyish va jarohatdan keyingi birinchi soatlar, burun va gemorraidal qon ketishlar, lixoradkani ikkinchi davri.
Qarshi ko’rsatma: qorindagi spastik og’riqlar, kollaps, shok.
Kerakli anjomlar: muz bilan sovuq suv, bir necha qavat qilingan doka.
Muolajani bajarish bosqichlari:

  1. Tayyorlangan doka sovuq suvga botiriladi va ozgina siqiladi.

  2. Kompress tanani kerakli joyiga qo’yiladi.

  3. Doka har 2-3 daqiqada almashtiriladi (qizib ketishiga qarab).



ISITUVCHI KOMPRESS
Ta’sir mehanizmi: Qon tomirlarni uzoq vaqt kengayishini ta’minlaydi. Bu teri va teri osti a’zolariga qon kelishini ko’paytiradi, natijada yallig’lanish o’chog’larida so’rilish va og’riq qolishi kuzatiladi.
Ko’rsatma:

  • Halqum, bo’g’im, plevra, emizikli ayollarda sut bezlari, teri, o’rta quloq yallig’lanish jarayonlari.

  • In’yeksiyadan keyingi infiltratlar.

  • Boylamlar cho’zilishi va lat yeyishi (jarohatdan bir kun o’tgandan keyin).

Qarshi ko’rsatma:

  • O’rta quloq yiringli yallig’lanishi (otit).

  • Teri qoplami butunligi buzilishi.

  • Teridagi allergik va yiringli toshmalar (furunkul, karbunkul).

  • Tana yuqori harorati.

Kerakli anjomlar:

  • Bint, doka, paxta.

  • Kompress qog’oz yoki kleyenka.

  • 40 % etil spirt.

  • Lotok.

  • Qaychi.

  • Ishlatilgan materiallar uchun lotok.

Bajarilish ketma-ketligi:

  1. Kompress qo’yiladigan tana sohasi hajmidagi 8 qavatli doka tayyorlanadi (nam qavat).

  2. Doka salfetkaaning har tomonidan 1-2sm chiqib turadigan qilib kompress qog’oz yoki kleyonka kesib olinadi (izolyatsiya qavati).

  3. Kompressda qog’ozdan 1-2 sm katta paxta tayyorlanadi (isituvchi qavat).

  4. Kompressni mahkamlovchi bint tayyorlanadi.

  5. Doka salfetka 40% etil spirt bilan namlanadi.

  6. Ehtiyotkorlik bilan yig’irilma hosil qilmasdan salfetka bemor tanasiga qo’yiladi.

  7. Ustidan kompress qog’oz va paxta qo’yiladi (kompress qog’oz qochmasligi, paxta ikkala qavatni ham bosib turishi lozim).

  8. Kompress bint bilan o’rab mahkamlanadi, bunda qon aylanishi va germetikligi buzilmasligi lozim (rasm.3).

  9. 1-2 soatdan keyin kompress effektivligi bog’lam ostiga barmoq tiqib ko’rish bilan tekshiriladi. Agar salfetka nam va issiq bo’lsa, kompress to’g’ri qo’yilgan hisoblanadi.

  10. Kompress 6-8 soatga qoldiriladi (asosan tunda).

  11. Kompress yechiladi va uning effektivligi tekshiriladi (salfetka nam va issiq bo’lishi lozim).

  12. Kompress yechilgandan so’ng teriga quruq iliq bog’lam qo’yiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin