KOMPRESS Kompress (lat. compression – bosmoq, siqmoq) – doka yoki boshqa mato bilan qo’yilgan ko’p qavatli davolovchi bog’lam, asosan paxta, yog’li qog’oz yoki suv o’tkazmaydigan plyonka bilan birga ishlatiladi.
Ko’rsatma: lat yeyish va jarohatdan keyingi birinchi soatlar, burun va gemorraidal qon ketishlar, lixoradkani ikkinchi davri.
Qarshi ko’rsatma: qorindagi spastik og’riqlar, kollaps, shok.
Kerakli anjomlar: muz bilan sovuq suv, bir necha qavat qilingan doka.
Muolajani bajarish bosqichlari: Tayyorlangan doka sovuq suvga botiriladi va ozgina siqiladi.
Kompress tanani kerakli joyiga qo’yiladi.
Doka har 2-3 daqiqada almashtiriladi (qizib ketishiga qarab).
ISITUVCHI KOMPRESS Ta’sir mehanizmi: Qon tomirlarni uzoq vaqt kengayishini ta’minlaydi. Bu teri va teri osti a’zolariga qon kelishini ko’paytiradi, natijada yallig’lanish o’chog’larida so’rilish va og’riq qolishi kuzatiladi.
Ko’rsatma:
Doka salfetkaaning har tomonidan 1-2sm chiqib turadigan qilib kompress qog’oz yoki kleyonka kesib olinadi (izolyatsiya qavati).
Kompressda qog’ozdan 1-2 sm katta paxta tayyorlanadi (isituvchi qavat).
Kompressni mahkamlovchi bint tayyorlanadi.
Doka salfetka 40% etil spirt bilan namlanadi.
Ehtiyotkorlik bilan yig’irilma hosil qilmasdan salfetka bemor tanasiga qo’yiladi.
Ustidan kompress qog’oz va paxta qo’yiladi (kompress qog’oz qochmasligi, paxta ikkala qavatni ham bosib turishi lozim).
Kompress bint bilan o’rab mahkamlanadi, bunda qon aylanishi va germetikligi buzilmasligi lozim (rasm.3).
1-2 soatdan keyin kompress effektivligi bog’lam ostiga barmoq tiqib ko’rish bilan tekshiriladi. Agar salfetka nam va issiq bo’lsa, kompress to’g’ri qo’yilgan hisoblanadi.
Kompress 6-8 soatga qoldiriladi (asosan tunda).
Kompress yechiladi va uning effektivligi tekshiriladi (salfetka nam va issiq bo’lishi lozim).
Kompress yechilgandan so’ng teriga quruq iliq bog’lam qo’yiladi.