Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə33/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

Isitkichni ishlatish
Ta’sir mehanizmi: silliq mushaklarni reflektor bo’shashishini chaqiradi, ichki a’zolarga qon kelishini kuchaytiradi, og’riq qoldiruvchi va bo’shashtiruvchi ta’sir qiladi.
Ko’rsatma:

  • Umumiy yoki mahalliy isitish.

  • Qorin bo’shlig’i a’zolarini surunkali kasalliklari (gastrit, kolit, asoratlanmagan oshqozon va 12 barmoq ichak yarasi).

  • Gipertonik kriz.

  • Yallig’lanish infiltratlari.

Qarshi ko’rsatma:

  • Qorin bo’shlig’i a’zolari o’tkir yallig’lanish kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit).

  • O’smalar, qon ketish holatlari, birinchi soatlardagi lat yeyishlar va jarohatdan keyingi birinchi kunlar.

  • Infitsirlangan yaralar.

Kerakli anjomlar:

  • Rezina isitkich.

  • 70 °C haroratli suv.

  • Sochiq yoki kichik choyshab.

  • Vazelin.

  • 1% xloramin eritmasi.

Bajarish ketma-ketligi:

  1. Isitkichning 2/3 qismi suv bilan to’ldiriladi (rasm.2).

  2. Isitkichni siqib og’zigacha suv keltiriladi va havosi chiqariladi.

  3. Isitkich og’zidagi probkani yaxshilab buraymiz.

  4. Isitkich og’zi pastka qaratiladi va germetikligi tekshiriladi.

  5. Isitkich quruq qilib artiladi.

  6. Isitkich kichik choyshabga o’raladi.

  7. Bemorga isitkich beriladi (terida pigmentatsiya bo’lmasligi uchun teriga vazelin moyi surtiladi).

  8. 5 daqiqadan keyin teri qizib ketgan yoki ketmaganligi tekshiriladi (yaqqol giperemiya).

  9. Isitkich sovugandan so’ng olinadi.

  10. Istikich ishlatib bo’lingandan so’ng dezinfeksiya qilinadi.

Asorati:

  • Kuyish.

  • Teri pigmentatsiyasi.

Izoh: terida shishi bor va terisi sezuvchanligi past, Shuningdek bolalarga juda issiq bo’lmagan isitkich ehtiyotlik bilan qo’yiladi.

Rasm.2. Isitkichni qo’llash: a – to’ldirish; b – havosini chiqarish; v – germetikligini tekshirish
(Rasm manbai: Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik)



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin