Тузувчилар: Эргашев Н. Ш. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси мудири, т ф. д., профессор Якубов Э. А. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хуррамов Ф. М. – Тошпми госпитал болалар хирургияси кафедраси ассистенти Хакимов



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə29/60
tarix11.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#153533
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60
Тиббиётга кириш Болалар хирургияси

PUL’SNI ANIQLASH VA O’LCHASH
Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.
Pul’s aniqlanadigan sohalar: bilak, tirsak, uyqu, chakka, tizza osti va son arteriyalari (rasm.2).
Pul’s parametrlari: ritm, chastota, to’liqligi, kuchlanish.
Zarur ashyolar:

  • Sekundomer yoki sekund strelkasi mavjud qo’l soati.

  • Harorat varag’i.

  • Bemorning tibbiy daftari.

Bilak arteriyasida pul’sni aniqlash tartibi:

  1. Bemorning xotirjam ekanligiga ishonch hosil qiling.

  2. Bemorni o’tirg’izing yoki yotqizing, bunda uning qo’llari erkin holda bo’lishini ta’minlang.

  3. Bemorning bilak-kaft bo’g’imidan yuqoriroq joydan qo’lingiz bilan ushlab oling, bunda katta baromq bilak tomonda qolgan barmoqlaringiz esa kaft tomonda bo’lsin.

  4. II, III va IV barmoqlaringiz bilan bilak arteriyasini bilak suyagiga bosing va pulsatsiyalanuvchi joyni aniqlang.

  5. Pul’sning hamma parametrlarini aniqlang:

Pul’s chastotasi (tezligi) – yurak urish tezligiga mos keladigan to’lqinlar soni bo’lib, bu ko’rsatkich bemor yoshiga bog’liq bo’ladi:

  • yangi tug’ilgan chaqaloqlarda – 120-140 ta daqiqada;

  • yangi tug’ilgan chaqaloqlarda – 140-160 ta;

  • 1 yoshda – 110-120 ta;

  • 5 yoshgacha – 100 ta;

  • 10 yoshgacha – 90 ta;

  • 12-13 yoshda – 80-70 ta;

  • o’smirlar va kattalarda – 60-90 ta.

Pul’sning bir daqiqada chastotasi 90 zarbadan ortiq bo’lsa – taxikardiya, 60 zarbdan kam bo’lsa – bradikardiya deyiladi.

  1. Tadqiqot natijasini bemorning tibbiy yoki ambulatoriya daftarida raqamli yozuv bilan qayd eting (Masalan Ps=72 zarba daqiqada, to’liq, o’rtacha taranglikda, katta kuchlanishda).

  2. Sinov natijalarini harorat varaqasida ham qayd eting (grafik ko’rinishdagi yozuvda). Eslatma: bitta katakchaning bo’linish qiymati zarbalar soni 100 gacha bo’lsa 2 ga teng, 100 dan ortiq bo’lsa 4 ga teng bo’ladi).


Rasm.2. Pul’sni aniqlash texnikasi: a - bilak arteriyada aniqlash; b – chakka arteriyasida aniqlash; v – uyqu arteriyasida aniqlash. (Surat manbai: Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik).



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin