Asorati: teri matseratsiyasi (ta’sirlanishi), kuyish.
Izoh: Quloqqa kompress qo’yganda birinchi va ikkinchi qavatlarda quloq suprasi uchun teshik qilinadi; - Uzoq vaqt kompress qilinganda 1-2 kun tanaffus qilinadi; - Qayta kompress oldingi kompress yechilgandan kamida 1 soat o’tgandan so’ng qo’yiladi. Teri tirnalishini oldini olish maqsadida oldin teri 45% etil spirti bilan tozalanadi, quruq qilib artiladi va teriga vazelin yoki kamfora moyi surtiladi.
Rasm.3. Isituvchi kompress qo’yish: a –kerakli anjomlar; b –bintni to’g’ri qo’yish; v – isituvchi kompressni umumiy ko’rinishi. (Rasm manbai: Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik)
Nazorat savollari: 1. Bolalarni operatsiyaga tayyorlashni asosiy qoidalarini ayting?
2. Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlashni o’ziga xos hususiyatlari?
5. Xantal qo’yish texnikasi.
6. Isitkichni qo’llash texnikasi.
7. Kompress qo’llash texnikasi.
8. Isituvchi kompress qo’llash texnikasi.
Adabiyotlar: Mazurin A.V., Zaprudnov A.M., Grigor’yev K.I. Obshiy uxod za det’mi: Uchebnoye posobiye. - 3-e izd., pererab. i dop. - M.: Meditsina, 1998.
Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik. Minsk. Vish.shkola. 2011. -527 s.
Mashg’ulot №11 HAYAJONLANISH, QO’RQUV, SIQILISH, SHOK KABI BEMORLARNI PSIXOLOGIK HOLATLARIDA VRACHNING TUTGAN O’RNI
Har bir kasallik inson psixologik holatini o’zgartirishi mumkin. Bunda kasallikka qarshi javob reaksiyasi kasallik xarakteriga va insonnning individual-psixologik holatiga ham bog’liq. Zamonaviy tibbiyotda psixosomatik holat shunday belgilanganki, har bir somatik (tanaga yetkazilgan) buzilishlar yoki surunkali kasalliklar fenomen yoki organizmni reaksiyasi (himoya, kompensator, patologik) hisoblanadi, ya’ni psixik va somatik holatni bir-biriga yaqin bog’liqligi bo’lgan bir butun sistema osti holatidir. Ushbu sistema osti holatlar va atrof-muhitni bir-biriga ta’siri natijasida ma’lum ko’p faktorli mexanizm ishga tushadi va qandaydir organizmda buzilishlarni keltirib chiqaradi. Bunda kasallikni kelib chiqishida negativ psixosotsial faktorlar ahamiyat kasb etib, ularni bartaraf etish yoki kamaytirish tez tuzalishga yordam beradi.
Kasallikni shaxsga patogen ta’siri shundaki, massiv va uzoq davom etuvchi og’riqli intoksikatsiya, modda almashinuvini buzilishi, holdan toyish va umumiy astenizatsiya psixik jarayonlarni buzilishiga, bemorni aktivligi va operatsion-texnik qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Klinikada ko’proq somatogen va psixogen buzilishlari, gipertonik kasalligi, yurak ishemik kasalligi, oshqozon va 12 b. i. yara kasalligi bor bemorlar bilan ish olib borishga to’g’ri keladi.
Ko’proq tarqalgan nevrozsimon sindromlar quyidagilardir:
Vegetativ buzilish sindromiko’p hollarda o’tib ketuvchi vegetativ krizlar – puls tezlashishi, yurak sohasida og’riq va nohush his, bosh og’rig’i, og’iz qurishi arterial qon bosimi oshishi, qo’l va oyoqlar uvishishi va sovuq qotishi, qaltirash holida namoyon bo’ladi. Shuningdek bemorlar yurak “to’xtab qolishi” va og’riq hissini, noto’g’ri urishini sezadilar, ko’krak qafasini kimdir bosib turganga o’xshaydi, bosh aylanadi, qo’rquv va bezovtalik bo’ladi. Ba’zan ushbu krizlar “vahima xuruji” deb baholanadi.