ARTERIAL BOSIMNI O’LCHASH TEXNIKASI (rasm.3).
Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.
Zarur ashyolar:
Tonometr.
Fonndoskop.
Harorat varag’i.
Bajarish tartibi: Bemorni o’tirg’izib, xotirjam holatda ekanligiga ishonch hosil qiling.
O’ng qo’lni kiyimdan ozod qilishni taklif qiling.
Bemorning qo’lini stol ustiga ko’targan holda, taxminan yurak darajasida joylashtiring.
Tanometr manjetasini tirsak bo’g’imidan 2-3 sm yuqorida, bunda tanometrning rezina manjetasi yelka arteriyasining markazida joylashishiga ishonch hosil qiling.
Manjetani asbob bilan ulaydigan rezina bemorning tashqi tomonida turganligiga ishonch hosil qiling.
Bemorning tirsak arteriyasidagi pul’sni paypaslang, bir vaqtning o’zida grusha yordamida manjetaga havo yuboring.
Tanometrning o’qiga e’tibor bering va pul’s zarbasi yo’qolguncha paypaslab turing, shundan so’ng havo bosimini yana 20 mm ga oshiring.
Fonendoskop membranasini bemor tirsak arteriyasi sohasida bosib turing va grushadagi vintni ohistalik bilan ochib havoni chiqara boshlang, bunda manjetadagi bosim bir sekundda 2 mm sim.ustunida pasayishi shart.
Arteriyani etshita turib, tonometr o’qi yoki raqamlarini kuzatib turing.
Birinchi tovush eshitilishida sistolik bosimni qayd eting.
Tovush yo’qolishida diastolik bosimni qayd eting.
Agar tonometrning o’qi ikkita belgi orasida bo’lsa bu holda yuqoridagi raqamni qayd eting.
Manjetadagi havoni bosim diastolik bosimdan 20 mm gacha pasayguncha havoni chiqaring.
5 daqiqadan so’ng qon bosimi o’lchashni takrorlang, bunda tanometr manjetasidagi havoning to’liq chiqqaniga, tanometr o’qi yoki raqami "0" ga tushganiga ishonch hosil qiling.
Ikki marta o’lchov o’tkazilgandan keyin eng kichik raqamlarni qayd eting (arterial bosimi 120/80 mm.sim.ustunidan kam bo’lsa tekshiruv bir marta o’tkaziladi).
Tekshiruv natijasini bemorning tibbiy yoki ambulator daftariga raqam ko’rinishidagi yozuv bilan (arterial bosim 120\80 mm sim.ust) va harorat varqg’ida esa grafik ustun ko’rinishida qayd qiling (bir katakchaning bo’linish qiymati 5 mm.sim.ust. teng).
Qon bosimini o’lchash natijalarini baholang.
Rasm.3. Qon bosimini o’lchash: a - tanometr; b - fonendoskop; v – manjetani to’g’ri qo’yish; g - o’lchov sxemasi (Surat manbai: Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik)