Premedikatsiya – narkozning kishi organizmiga operatsiya paytida va operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarini kamaytirish maqsadida dori preparatlarini kiritishdir.
Premedikatsiya vazifalari:
narkozda ishlatiladigan dorilargp allergik reaksiyalarning oldini olish;
so’lak bezlari sekretsiyasini kamaytirish.
Anestetik moddalarni tanaga kiritish yo’li bo’yicha umumiy og’riqsizlantirish turlari: 1. Nafas yo’llari orqali (ingalyatsion) (anestetik moddalar bemorning nafas olish sistemasiga bug’ shaklida kiritiladi va alveolalar orqali qonga tarqaladi):
a) maskali;
b) traxeya ichi.
2. Tomir orqali. 3. Kombinatsiyalashgan (odatda narkozning ilk bosqichlarida anestetiklar tomir orqali tanaga kiritilsa, so’nggi bosqichlarida esa nafas yo’llari orqali kiritiladi).
Umumiy og’riqsizlantirishning asoratlari:
Laringit, traxeobronxit.
Nafas yo’llari obsruksiyasi – tilni burish, tish yoki protezlarning nafas olish yo’llariga kirishi).
O’pka atelektazi.
Zotiljam
Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida buzilishlar: kollaps, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi va hatto fibrilatsiyaga yoki yurak faoliyatining to’xtashi.
Intubatsiyadagi shikastlanishlar (halqum, hiqildoq va traxeya shikastlanishlari).