PUL’SNI ANIQLASH VA O’LCHASH Maqsad: yurak-qon tomir tizimining holatini baholash.
Pul’s aniqlanadigan sohalar: bilak, tirsak, uyqu, chakka, tizza osti va son arteriyalari (rasm.2).
Pul’s parametrlari: ritm, chastota, to’liqligi, kuchlanish.
Zarur ashyolar:
Sekundomer yoki sekund strelkasi mavjud qo’l soati.
Harorat varag’i.
Bemorning tibbiy daftari.
Bilak arteriyasida pul’sni aniqlash tartibi: Bemorning xotirjam ekanligiga ishonch hosil qiling.
Bemorni o’tirg’izing yoki yotqizing, bunda uning qo’llari erkin holda bo’lishini ta’minlang.
Bemorning bilak-kaft bo’g’imidan yuqoriroq joydan qo’lingiz bilan ushlab oling, bunda katta baromq bilak tomonda qolgan barmoqlaringiz esa kaft tomonda bo’lsin.
II, III va IV barmoqlaringiz bilan bilak arteriyasini bilak suyagiga bosing va pulsatsiyalanuvchi joyni aniqlang.
Pul’sning hamma parametrlarini aniqlang:
Pul’s chastotasi (tezligi) – yurak urish tezligiga mos keladigan to’lqinlar soni bo’lib, bu ko’rsatkich bemor yoshiga bog’liq bo’ladi:
yangi tug’ilgan chaqaloqlarda – 120-140 ta daqiqada;
yangi tug’ilgan chaqaloqlarda – 140-160 ta;
1 yoshda – 110-120 ta;
5 yoshgacha – 100 ta;
10 yoshgacha – 90 ta;
12-13 yoshda – 80-70 ta;
o’smirlar va kattalarda – 60-90 ta.
Pul’sning bir daqiqada chastotasi 90 zarbadan ortiq bo’lsa – taxikardiya, 60 zarbdan kam bo’lsa – bradikardiya deyiladi.
Tadqiqot natijasini bemorning tibbiy yoki ambulatoriya daftarida raqamli yozuv bilan qayd eting (Masalan Ps=72 zarba daqiqada, to’liq, o’rtacha taranglikda, katta kuchlanishda).
Sinov natijalarini harorat varaqasida ham qayd eting (grafik ko’rinishdagi yozuvda). Eslatma: bitta katakchaning bo’linish qiymati zarbalar soni 100 gacha bo’lsa 2 ga teng, 100 dan ortiq bo’lsa 4 ga teng bo’ladi).