Annotatsiya Umumiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan inklyuziv ta’lim guruhi bolalari bilan va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida logoritmika mashg‘ulotini maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari bilan hamkorlikda( tarbiyachi, defektolog, logoped, shifokor, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va psixolog musiqa rahbari hamkorlikda bolaning nutq rivojlanish jarayoni to‘g‘ri kechish va ko‘rish, eshitish, tayanch xarakatida nuqsoni bo‘lgan bolaladagi turli nuqsonlarni sog‘lomlashtirish, ta’lim tarbiya berish, korreksion ishlarni musiqali ritim bilan uyg‘unlashtirib, bolani tashqi va ichki muxitga moslashuvini korreksiyalaydi. Tavsiya qilinayotgan logoritmika mashg‘uloti ishlanmalaridan nutqi to‘liq rivojlanmagan va ko‘rsatib o‘tilagan tashxisli bolalar bilan korreksion- rivojlantiruvchi ishlarni olib borish maqsadida foydalanish mumkin.
Kirish so‘zi. “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tug‘risida”gi 595 sonli Qonun, O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Makxamasi”ning 510 sonli 2021 yil 10 avgustdagi qarori, “Ilk qadam” Davlat dasturi va maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarini hayotga tadbiq etishdan maqsad bolalarni qanday rivojlanishidan qat’i nazar, milliy mafkura asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs etib tarbiyalashdan iborat. Asosi maqsad bolalarni aqliy va jismoniy rivojlanganlik darajasi hamda o‘zlashtirish imkoniyatlarini inobotga olgan holda ularga mos ravishda ta’lim mazmunini belgilashga, sog‘lomlashtirishga, korreksiyalashga va maktab ta’limiga tayyorlashga qaratilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim- tarbiyasiga qo‘yiladigan takomillashtirilgan Davlat talablari sohalaridan biri “ Nutq, muloqat, o‘qish va yozish malakalari”.va “Ijodiy rivojlanish” yo‘nalishi bo‘lib, bu sohalarda ishlashda tarbiyachi, logoped, defektolog, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, shifokor , psixolog,musiqa rahbari hamkorlikda ish olib borishadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning nutqini rivojlantirish, ulardagi mavjud bo‘lgan nutq kamchiliklarini bartaraf qilish asosan o‘qituvchi- defektolog, logoped- o‘qituvchilar, tomonidan amalga oshiriladi.Logopedik ish samoradarligini oshirish uchun har bir logoped va maktabgacha ta’lim tashkilotidagi barcha pedagoglar tinimsiz o‘z ustilarida ishlashi , izlanishi. Yangicha ko’rgazmali qurollordan unumli foydalanish zarur , zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish , bolalar nutqini rivojlantirish uchun Logopedik korreksion ritmika mashg‘uloti ishlab chiqildi.
Qo’llanmada berilgan mashg‘ulotlar aynan ilk qadam davlat dasturiga moslashtirilgan va berilgan mashg‘ulotlar nutq nuqsonlarini oldini olish vazifalarini amalga oshirish imkonini beradi. Bu mashg‘ulotlar bolalarning fikirlash doirasini kengaytirib, o‘z fikrini mustaqil bayon etishga o‘rgatadi.
Quyida tavsiya qilinayotgan logopedik korreksion ritmika mashg‘uloti ishlanmalaridan nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar hamda sog‘lom bolalar bilan korreksion- rivojlantiruvchi mashqlarni o‘tkazish maqsadida foydalanish mumkin.
Logopedik ritmika — logoped faoliyatining tashkiliy qismlaridan biridir. «Logoritmika» so’zi ikkita so‘zdan kelib chiqgan bo’lib, «loges» grekcha — so’z, nutq ritmika italyancha — xarakatlar degan so‘zlardan tashkil topgan. Demak, logoritmika — bu nutq va xarakatning mutanosibligini xosil qiluvchi tizimidir. Logoritmika — bu logopedik nuqsonlarni musiqa ostida nutq va xarakat uygunligi yordamida bartaraf etish mashg’ulotidir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida logoritmikani qo’llash muammolari bilan V.A. Gilyarovskiy, Yu.A. Florenskaya, V.A. Griner, G.A. Volkova kabi kupgina olimlar shug’ullanganlar va bu masalaning nazariy, uslubiy va amaliy tamoyillarini tadbiq qilganlar. Logopedlarning leksik mavzulariga binoan logoritmik mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqishga xarakat qilindi. Mashg’ulotlarni ishlab chiqishda bolalarda o’z —o’zini tashkillashtirish, nutqini faollashtirish va odobini bosqichma — bosqich kamol toptirish inobatga olindi. Logoritmika mashguloti xafta davomida nutqni rivojlantirish, tovush madaniyati, logopedik mashg’ulotlarga yakun yasaydi. Maxsus guruxlarda o’tkaziladigan logoritmik mashgulotlar ijobiy natija beradi: ko’p bolalarda nutq nuqsonlari to’g’rilanib, salbiy odatlar tuzatiladi.