Tovarlarni sotishdan tushgan daromad
Tovarlar turi
Yoz fasli
Qish fasli
Muzqaymoq
600 mln. so‘m
100 mln. so‘m
Muzqaymoqli tort
100 mln. so‘m
600 mln. so‘m
Firma o‘z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib, yoz oyida ikkinchi
tur tovar hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq
sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ik
-
kinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki, firma diversifikatsiya
yo‘li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin diversifikatsiya tavakkalchi
-
likni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.
132
RISKLARNI SUG‘URTALASH
Risklarni qo‘shish
– ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas
xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan.
Ma’lumki, mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmas
-
ligi, tabiiy ofatlarning bo‘lishi tasodifiy bo‘lib ular juda katta xarajatlarga
olib kelishi mumkin. Ushbu noxush hodisalarning oqibatlarini kamayti
-
rishda sug‘urtaning ahamiyati katta.
Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish samaradorligi shu bilan bel
-
gilanadiki, sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq
bo‘lmasligi kerak.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Tadbirkorlik riski deganda nimani tushunasiz?
2. Tadbirkorlik riski qanday turlarga bo‘lib o‘rganiladi?
3. Tadbirkorlik riskini baholashning qanday usullarini bilasiz?
4. Ehtimoliy risk asosida kutiladigan miqdor qanday aniqlanadi?
5. Tadbirkorlik riskini pasaytirishning qanday turlarini bilasiz?
MAVZU YUZASIDAN AMALIY TOPSHIRIQ VA
MASHQLAR
1. Aytaylik yosh tadbirkor Nigora Abdurazzoqovaning ixtiyorida pulini
ko‘paytirishning ikki xil tanlash varianti bor. Birinchidan, agar u o‘zida
mavjud bo‘lgan ortiqcha 100 mln. so‘m mablag‘ini bankka omonatga
qo‘ysa, yillik 20 foiz ko‘rinishida kafolatlangan qo‘shimcha daromad
oladi. Ikkin chidan, u qo‘shimcha ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi
mumkin. Uning ishlab chiqargan mahsuloti bozorda muvaffaqiyat qozon
-
sa, tadbirkorning qo‘shimcha oladigan daromadi 40 mln. so‘mni, agar
muvaffaqiyat qozona olmasa 10 mln. so‘mni tashkil etadi. Mahsulotning
bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,4 ga teng. Mahsulotni ishlab
chiqarishdan kutiladigan daromad miqdorini aniqlang. Tadbirkor qaysi
variantni tanlaydi?
|