O‘RTACHA YILLIK XODIMLAR SONI Korxonadagi xodimlarning o‘rtacha yillik soni barcha oylarda mavjud
bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha oylik sonini qo‘shish va uni 12 oyga bo‘lish
orqali aniqlanadi.
Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun xodimlarning yil mobaynidagi
o‘rtacha oylik sonini hisoblab chiqish zarur. Xodimlarning o‘rtacha oylik
soni ularning har kungi sonidan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu miqdor
28
oyning kalendar kunlariga bo‘linadi. Dam olish yoki bayram kunlaridagi
xodimlarning soni bundan oldingi ish kunlaridagi xodimlar soniga teng deb
qabul qilinadi. Misol uchun, yanvar oyining 25-sanasiga qadar korxonada
22 nafar xodim ishlar edi. 26-yanvarda 4 nafar xodim o‘z vazifasidan
ozod etildi. Yanvar oyidagi xodimlarning o‘rtacha oylik soni quyidagicha
hisoblanadi:
22 25 18 6
31
21
×
+
×
=
kishi
Shu usulda boshqa oylar uchun ham xodimlarning o‘rtacha oylik soni
hisoblab chiqilib, barcha oylardagi miqdorlarni qo‘shib, chiqqan natijani
12 ga bo‘lish orqali xodimlarning o‘rtacha yillik soni aniqlanadi.
Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentabr Oktabr Noyabr Dekabr 21
41
50
89
87
88
120
118
90
45
32
16
21 41 50 89 87 88 120 118 90 45 32 16
12
66
+ + + + + +
+
+ + + +
=
kishi.
Demak, bizning misolda xodimlarning o‘rtacha yillik soni 66 kishini
tashkil etadi.
BU QIZIQ... Amerika Qo‘shma Shtatlarida 30 mln. dan ortiq kichik korxona
ro‘yxatga olingan. Ushbu raqam o‘rta va yirik firma hamda kompa-
niyalarning sonidan 2 000 baravar ortiqdir. Kichik biznes tashkilotlarida
butun Amerikaning 70% aholisi mehnat qiladi. Mazkur dalil mutlaqo
har bir odam o‘z biznesini ochish imkoniga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Korxonalarning faqat 55% i to‘rt yildan ortiq faoliyat yuritadi. Tax
-
minan 55%ga yaqin xususiy korxonalar ro‘yxatdan o‘tgandan boshlab
besh yil davomida yopilib ketadi. Buning sababi shundaki, korxona
tarkib topishining dastlabki bosqichida tadbirkorlar raqobatning yuqori
darajasiga bardosh berolmaydilar, ma’lum xatoliklarga yo‘l qo‘yadilar
va h.k. Har qanday firma uchun esa o‘z hayot siklining eng murakkab
davrlaridan biri davomiyligi uch yildan yetti yilgacha bo‘lgan dastlabki
29
bosqich hisoblanadi. Agar korxona mazkur bosqichni nisbatan yumshoq
bosib o‘tgan bo‘lsa, u holda uning muvaffaqiyati kafolatlangan bo‘ladi.