BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! 1. Biznesni rejalashtirish nima uchun zarur?
2. Biznes-reja deb nimaga aytiladi?
3. Biznes-rejaning ahamiyatini qanday asoslash mumkin?
4. Biznes-reja tuzish uchun qanday ko‘nikmalar taqozo etiladi?
5. Biznes-rejaning qanday vazifalarini bilasiz?
57
12-MAVZU BIZNES LOYIHA VA STARTAPLAR FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Yuqoridagi rasmda qaysi kompaniyalarning savdo belgilari ifodalangan?
2. Mazkur kompaniyalar faoliyatining umumiy jihatlari nimada deb o‘ylaysiz?
3. Ushbu kompaniyalarning tashkil topish tarixi va muvaffaqiyati asoslari
to‘g‘risida nimalar bilasiz?
BIZNES LOYIHA Siz bilan avvalgi mavzuda biznes-rejalashtirish va biznes-rejalar
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan edik. Mazmunan biznes-rejaga yaqin,
biroq o‘zining ko‘lami jihatidan kengroq bo‘lgan yana bir tashkiliy-iqti
-
sodiy tavsifdagi hujjat – biznes loyihadir.
Biznes loyiha – muayyan biznes g‘oyani amalga oshirish bilan
bog‘liq barcha tadbirlar bayon etilgan hamda samaradorligi asoslangan
hujjat. Biznes loyiha u yoki bu loyihaga mablag‘ sarflashning maq
-
sadga muvofiqligini aniqlab beradi.
Biznes-reja muayyan g‘oyani yoki biznes bo‘yicha tadbirni amalga
oshirish uchun pul va boshqa resurslarni jalb etishning maqsadga mu
-
vofiqligini asoslashda foydalaniladi. Biroq tadbirkorlik faoliyatida uning
barcha jihatlarini rejalashtirish muhim o‘rin tutadi.
Odatda, biznes loyiha kengroq miqyosdagi (tijorat, ishlab chiqarish,
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalar) vazifalarni asoslashni o‘z ichiga olib,
biznes-reja uning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Biznes loyiha iqtisodiy naf yoki foyda olish maqsadida yangi mahsu
-
lotlar, xizmatlarni yaratish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiya
-
58
lash yoki rekonstruksiyalashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning murakkab
majmuyini ifodalaydi.