Kalit
Har bir ijobiy javob uchun bir ballga ega bo‘lasiz. Ballar yig‘indisini
hisoblab chiqing.
Natija
Agar ballar yig‘indisi 17 va undan ko‘p bo‘lsa,
u holda siz tadbirkor
bo‘lish uchun barcha zarur sifatlarga egasiz. Sizning maqsad sari inti
-
luvchanligingiz, kuch va muvaffaqiyatga ishonchingiz har qanday g‘oyani
amalga oshirishda yordam beradi.
Agar ballar yig‘indisi 13 dan 17 gacha bo‘lsa,
sizning tadbirkor si
-
fatida muvaffaqiyatga erishishda ishonchingiz u qadar qat’iy emas. Biroq
siz yaxshi ishbilarmon bo‘lishingiz mumkin.
Agar ballar yig‘indisi 13 dan kam bo‘lsa,
sizdan tadbirkor bo‘lishingiz
uchun ko‘proq tajriba to‘plash va harakat qilish talab etiladi. Tadbirkorlikni
boshlashdan avval o‘z qiziqishlaringiz, xohishingiz va imkoniyatlaringizni
taqqoslab, aniq maqsad sari intilishingiz lozim.
9
2-MAVZU
TADBIRKORLIK TURLARI VA SHAKLLARI
Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqa
-
rishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va
oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon
insonlarni tushunamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yuqoridagi rasmlarda tadbirkorlikning qanday turlari ifodalangan? O‘z
fikringizni asoslab bering.
2. Bir vaqtning o‘zida bir necha tadbirkorlik turi bilan shug‘ullanish mum
-
kinmi? Misollar keltiring.
TADBIRKORLIK FAOLIYATI TURLARI
Iqtisodiy faoliyat turli ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Masalan, biz
turli mahsulotlar (non, kiyim, o‘quv qurollari, avtomobil, uy va boshqalar)-
ni ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish (maishiy xizmat, ta’lim xizma
-
ti, sog‘liqni saqlash, maslahat berish va boshqalar)ni farqlaymiz. Shunga
ko‘ra, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda tadbirkorlik faoliyati turlari o‘zidagi jarayonlar shakli va mazmuni
hamda ularni amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanadi. Tadbirkorlik
faoliyati xizmat ko‘rsatish, vositachilik faoliyati, iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish, moliyaviy operatsiyalar kabi sohalarda nisbatan samarali amal
-
ga oshadi. Tadbirkorlik faoliyatining yo‘naltirilganligi, kapitalni kiritish
obyekti va aniq natijalariga ko‘ra tadbirkorlik turlari farqlanadi.
|