137
30-MAVZU
RAQOBATDOSHLIKNI TA’MINLASH
O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadr
-
lar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo
miqyosida raqobatbardosh
bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
RAQOBAT VA UNING VAZIFALARI
Bozor mexanizmining muhim va ajralmas jihati raqobat hisoblanadi.
Raqobat
– bu yuqori natija va mavqega ega bo‘lish uchun bozor
ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy kurashdir.
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyatingizni muvaffaqiyatli
yuritishingiz uchun,
albatta, raqobat to‘g‘risida yetarli bilimga ega bo‘lishingiz lozim.
Raqobatning bir qator asosiy vazifalari mavjud.
Raqobatning vazifalari
Tartibga
solish
Resurslarni
joylashtirish
Innovatsiyani
rag‘batlantirish
Taqsimlash
Nazorat
qilish
RAQOBAT SHAKLLARI
Siz o‘z tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishingizni tanlashdan avval uning
qanday raqobat sharoitida amal qilishini oldindan
bilishingiz muhim hi
-
soblanadi. Raqobatning to‘rtta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Raqobat shakllari
Erkin
raqobat
Monopolistik
raqobat
Sof
monopoliya
Oligopoliya
138
Erkin raqobat
– bu bir turdagi
mahsulot ishlab chiqaruvchi
tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjudligi sharoitidagi ra
-
qobatdir.
Dostları ilə paylaş: