44
SHAXSIY YORDAMCHI XO‘JALIK
Mamlakatimiz aholisining katta qismi qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Qishloq joylarda, asosan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari
yetishtirish bilan
shug‘ullaniladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotimizda qishloq joylarida amalga
oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati ahamiyatli o‘rin tutadi.
Shu bois siz
qishloq joylarida eng avvalo, shaxsiy yordamchi
xo‘jaliklaridagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishingiz mumkin.
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik
– qishloq
joylarda yashovchi fuqa
-
rolarning o‘z tomorqasidagi shaxsiy mehnati orqali qishloq xo‘jalik
mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanishiga asoslangan oilaviy
xo‘jalik.
Shaxsiy yordamchi xo‘jalik qishloq joylarda
yashovchi fuqarolarga
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun uy-joy qurishga
berilgan yer maydonlarida tashkil etiladi. Uning
uy-joy qurilmagan qismi
tomorqa deb ataladi. Mazkur tomorqada oila a’zolarining shaxsiy mehnati
asosida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish mumkin.
Uning asosiy qismi oila ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Lekin, aksariyat hol
-
larda, bu mahsulotlar oila ehtiyojidan ortiqcha bo‘ladi. Ushbu ortiqcha
mahsulotlarni dehqon bozorlarida sotish hamda qo‘shimcha daromad olish
mumkin bo‘lib, bu o‘z mazmuniga ko‘ra tadbirkorlik hisoblanadi.
DEHQON XO‘JALIGI
Agar
siz shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi tadbirkorlik
faoliyati bilan
cheklanishni istamasangiz, u holda dehqon xo‘jaligi
tashkil etishingiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: