308
Tashqi internet foydalanuvchilar
ichki tarmoqqa kirish
imkoniyatini mavjud yoki yo‘qligini aniqlab olish zarur. Agar mavjud
bo‘lsa, kimlarga. Ko‘pincha faqat korxona xizmatlarini ishlatishlari
uchun ayrimlarga bu imkoniyat beriladi,
masalan elektron pochta
xizmatlari uchun.
Korxona ichki tarmog‘i resurslariga kirish imkoniyati siyosatini
quyidagi ikki tamoyillardan biriga asoslangan bo‘lishi lozim:
Aniq shaklda ruhsat berilmagan barchasiga ta’qiq qo‘yish
yoki;
Aniq shaklda ta’qiq qo‘yilmagan barchasiga ruhsat berish.
Tanlangan tamoyilga mos holda tashqi trafikni tarmoqlararo
ekran yoki marshrutizator orqali qayta ishlash qoidalari aniqlanadi.
Birinchi tamoyilga asoslangan himoyani
tashkillashtirish yuqori
darajadagi himoyalanganlikni beradi, lekin buning natijasida
foydalanuvchilarga ko‘pgina noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin,
bundan tashqari bu usul tashkilot uchun qimmatga tushadi.
Ikkinchi
tamoyilga asoslangan tarmoq kam darajadagi himoyalanganlikka ega
bo‘ladi, lekin foydalanuvchilar ko‘pgina qulayliklarga ega bo‘lib,
tashkilot uchun arzonga tushadi.
Dostları ilə paylaş: