Kompyuter tarmog‘i
- bu aloqa tizimiga ulangan va tegishli
dasturiy ta’minot bilan jihozlangan kompyuterlar majmui bo‘lib,
tarmoq foydalanuvchilariga ushbu kompyuterlarning resurslariga
kirishga imkon beradi. Turli xil kompyuterlar tarmoqni tashkil qilishi
mumkin, masalan, kichik mikroprotsessorlar, ishchi stansiyalar, mini
kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar va superkompyuterlar. Aloqa
tizimi har qanday juft kompyuter o‘rtasida xabar almashishni
ta’minlaydigan kabellar, kommutatorlar, marshrutizator va boshqa
qurilmalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Tarmoq operatsion tizimi-
foydalanuvchiga o‘z kompyuterlari
bilan mustaqil ishlashga imkon beradi va shu bilan tarmoqdagi boshqa
kompyuterlarning axborot va qurilma resurslariga kirish imkoniyatini
oshiradi.
Tarmoq
operatsion
tizimining
soddalashtirilgan
ishlashi
quyidagicha amalga oshiriladi. A kompyuteridagi foydalanuvchi o‘z
faylini tarmoqdagi boshqa B kompyuteriga qo‘yishga qaror qildi
deylik. Buning uchun u klaviaturada tegishli buyruqni kiritadi.
Foydalanuvchi interfeysi uchun javobgar bo‘lgan operatsion tizimning
dasturiy moduli ushbu buyruqni oladi va uni A kompyuterning mijoz
qismiga o‘tkazadi. OT mijoz qismi boshqa kompyuter resurslariga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaydi (masalan, B kompyuter disklari yoki
kompyuterlariga). U faqat ushbu resurslar joylashgan kompyuterda
ishlaydigan OT server qismini "so‘rashi" mumkin. Ushbu “so‘rovlar”
tarmoq orqali uzatiladigan xabarlar shaklida ifodalanadi. Xabarlarda
206
nafaqat
muayyan
harakatlarni
bajarish
buyruqlari,
balki
ma’lumotlarning o‘zi ham bo‘lishi mumkin, masalan, ma’lum bir
faylning tarkibi.
Tarmoq (network)
deb kompyuterlar, terminallar, va boshqa
qurilmalarning ma’lumot almashishini ta’minlaydigan aloqa kanallari
bilan o‘zaro bog‘langan majmuiga aytiladi. Barcha tarmoq
tizimlarining
umumiy
maqsadi
foydalanuvchilarga
tarmoq
resurslaridan foydalanishda qulaylikni ta’minlash hisoblanadi.
Kompyuterlarni tarmoqga birlashtirish quyidagi masalalarni yechishga
imkon beradi:
ma’lumotlardan birgalikda foydalanish (misol uchun,
fayllar);
qurilma vositalaridan birgalikda foydalanish (misol uchun,
printerlar, modemlar va hokazolar);
dasturiy resurslardan birgalikda foydalanish (misol uchun,
mijoz-server ko‘rinishidagi dasturlar);
tarmoq tugunlarida yagona xavfsizlik siyosatini ta’minlash
(misol uchun, lokal tarmoqni Internetga ulash davrida serverda ishchi
stansiya xavfsizligini sozlash);
tarmoq tugunlarini vakolatlarini chegaralash (misol uchun,
korxonaning har xil bo‘linmalari orasida vakolatlarni taqsimlash);
birgalikda foydalaniladigan ma’lumotlarni xavfsizligini
ta’minlash (misol uchun, server tomonidan zaxira nusxalarni olish);
tarmoq tugunlari orasida ma’lumot almashinuvini ta’minlash
(misol uchun, elektron pochtani ishlatishda);
masofadagi saytlarda fayllarni almashish va chop etish.
Tarmoqlar foydalanuvchilarga, boshqa tarmoq foydalanuvchilari
foydalanishlari uchun, masofadagi saytlarda ma’lumotlarni chop
etishga imkon beradi;
taqsimlangan ma’lumotlar omborida axborotlarni qayta
ishlash;
hisoblashlarni tezlashtirish.
Funksiyalar
tarmoqdagi
kompyuterlar
o‘rtasida qanday
taqsimlanganiga qarab, ular uchta turli rollarni bajarishi mumkin:
faqat
boshqa
kompyuterlarning
so‘rovlariga
xizmat
ko‘rsatishga mo‘ljallangan kompyuter ajratilgan tarmoq serveri rolini
o‘ynaydi;
207
boshqa
mashina
resurslariga
so‘rovlar
yuboradigan
kompyuter mijoz tuguni sifatida ishlaydi;
mijoz va server funksiyalarini birlashtirgan kompyuter – bir
rangli tugun hisoblanadi.
Tarmoqdagi
kompyuterlarning
vakolatlarini
taqsimlanishi
bo‘yicha bir rangli, serverli va gibridliga bo‘lish mumkin.
Bir rangli tarmoqda barcha kompyuterlar bir xil huquqga va
majburiyatga ega bo‘ladi. Har bir kompyuter o‘z resursini tarmoqning
boshqa a’zolariga beradi va bir vaqtning o‘zida ularning resurslaridan
foydalanadi.
Serverli tarmoqlardabir yoki bir nechta kompyuterlar
(serverlar) o‘z resurslarini tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga
(mijozlarga) beradi. Bunda server mijozlarning resurslaridan
foydalanmaydi.
Gibrid tarmoqlardabir rangli va server tarmoqlarning belgilari
birlashgan tarmoq hisoblanadi.
Misol uchun, bir tarmoq, bir qism kompyuterlar uchun server
bo‘lib turib, boshqa serverning mijozi bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik
tarmoqlar gibrid bo‘lishadi.
Tarmoq texnologiyalari – bu shunday texnologiyaki ular shaxsiy
kompyuterda ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash
texnologiyasini aloqa texnikasi bilan birlashtiradi.
Tarmoqlar ko‘pincha shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
LAN (Local Area Network);
MAN (Metropolitan Area Network);
GAN (Global Area Network);
WLAN (Wireless Local Area Netwrok).
Mahalliy tarmoq
Mahalliy tarmoq (LAN – Local area network) — bitta ofis
binosida, omborxonada, kampusda yoki shunga o‘xshash hisoblash
muhitida joylashgan konfiguratsiyani belgilaydi. Bunday tarmoqga
odatda bitta tashkilot tomonidan egalik qilinadi, foydalaniladi va
boshqariladi va kompyuterlarga umumiy aloqa liniyasi orqali
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Qoida tariqasida, bu
bitta umumiy zonada joylashgan shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi
stansiyalar to‘plami hisoblanadi.
Garchi mahalliy tarmoq aniq belgilangan mahalliy hudud bilan
fizik jihatdan chegaralangan bo‘lsa-da, uning aloqasi bu sohada
208
cheklanmagan, chunki mahalliy tarmoq katta aloqa tarmog‘ining
komponenti bo‘lishi mumkin va boshqa tarmoqlarga ko‘prik (bridge)
yoki shlyuz (gateway) orqali kirishni ta’minlaydi.
Ko‘prik - bu bir xil protokollar yordamida ikki yoki undan ko‘p
geografik
jihatdan
uzoq
masofadagi
mahalliy
tarmoqlarni
bog‘laydigan qurilma va uni boshqarish uchun dasturiy ta’minotdir.
Masalan, Ethernet tarmoq texnologiyasidan foydalangan holda ikkita
mahalliy tarmoqni ulash uchun oddiy ko‘prikdan foydalanish mumkin.
Mahalliy tarmoq shina, xalqa yoki yulduz topologiyalari asosida
tashkil qilinadi (tarmoq topologiyasi ushbu mavzuda keyinroq
muhokama qilinadi).
O‘z navbatida, shlyuz, bu ikki yoki undan ko‘p mahalliy
tarmoqlarni yoki turli protokollardan foydalanadigan tizimlarni ulash
uchun ishlatiladigan yanada murakkab qurilma va dasturiy
ta’minotdir.
Shlyuz
qurilma
va
dasturiy
ta’minotdagi
nomuvofiqliklarni bartaraf qilib, bitta tarmoqning protokolini
boshqasiga tarjima qiladi. Yuqori tezlikda ishlaydigan mahalliy
tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 100 megabitdan
40 gigabitgacha oshirmoqda.
Hududiy tarmoq
Hududiy tarmoq (MAN – Metropolitan area network) —
mahalliy tarmoqqa qaraganda katta, lekin global tarmoqdan (WAN)
kichik bo‘lgan (masalan, shahar, viloyat, tuman) fizik hududni qamrab
oladigan tarmoq infratuzilmasi hisoblanadi. Hududiy tarmoqni
boshqarish bitta tashkilot, yirik korxona orqali amalga oshiriladi.
Global tarmoq
Global tarmoq (GAN – Global area network) — juda katta
hududda boshqa tarmoqlarga ulanishni ta’minlaydigan tarmoq
infratuzilmasi hisoblanadi. Global tarmoqlarni boshqarish odatda
aloqa operatorlari yoki Internet-provayderlar orqali boshqariladi.
Global tarmoqning asosiy komponentlari quyidagilarni tashkil qiladi:
Global tarmoq shaharlar, hududlar, davlatlar, yoki qit’alar
kabi juda katta hududlardagi lokal tarmoqlarni birlashtiradi;
Global tarmoqlarni boshqarishni odatda turli aloqa
operatorlari amalga oshiradi.
Global tarmoqlarda keng doiradagi aloqa vositalaridan, masalan,
sun’iy yo‘ldosh va mikro to‘lqinlardan foydalaniladi. Global
209
tarmoqlar mahalliy tarmoqlarga qaraganda nisbatan sekinroq
hisoblanadi.
Simsiz mahalliy tarmoq
Simsiz mahalliy tarmoq (WLAN – Wireless local area network)
— bu tarmoq doirasida joylashgan kompyuterlarni yoki ish
stansiyalarini ulash uchun simsiz texnologiyalardan foydalanadigan
mahalliy tarmoq.
Tarmoqlarga nisbatan, operatsion tizimlarni tarmoq operatsion
tizimlari va taqsimlangan operatsion tizimlarga bo‘lish mumkin.
Tarmoq operatsion tizimi muhitida ishlayotgan foydalanuvchi,
kompyuter tarmog‘idagi har qanday mashinada biron bir vazifani
bajarishi mumkin bo‘lsa ham, har doim o‘z vazifasini qaysi mashina
bajarishini biladi.Odatda, foydalanuvchi ishi foydalanuvchi kirgan
mashinada bajariladi. Agar u boshqa kompyuterda vazifani bajarishni
istasa, u masofadan kirish buyrug‘idan foydalanib ushbu mashinaga
masofadan mantiqiy kirishni amalga oshirishi yoki masofadan turib
bajariladigan maxsus buyruqni kiritishi kerak. Ideal holda, tarmoq OT
foydalanuvchiga
tarmoq
shaklida
emas,
balki,
yagona
markazlashtirilgan virtual mashinaning resurslari shaklida tarmoq
resurslarini taqdim etishi kerak. Bunday operatsion tizim uchun
maxsus
nom
ishlatiladi
-
taqsimlangan
operatsion
tizimlar.Taqsimlangan
operatsion
tizimlar
kompyuter
tizimi
miqyosida yagona operatsion tizim sifatida mavjud. Taqsimlangan
operatsion tizimlar boshqaruvida ishlaydigan barcha tarmoq
kompyuterlari ushbu global operatsion tizim funksiyalarining bir
qismini bajaradi. Taqsimlangan operatsion tizim foydalanuvchisi,
umuman aytganda, uning ishi qaysi mashinada bajarilayotgani
to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha
operatsion tizimlar tarmoq sinfiga tegishlidir. Zamonaviy kompyuter
tarmog‘i har bir kompyuterga o‘rnatilgan bir qator tarmoq operatsion
tizimlari nazorati ostida ishlaydi. Ushbu operatsion tizimlar bir xil
yoki boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xil Unix operatsion
tizimlar tarmoqdagi barcha kompyuterlarda ishlashi mumkin. Yana
ham aniqroq variant - bu turli xil operatsion tizimlarga ega tarmoqdir,
masalan, ba’zi kompyuterlar Unix FreeBSD, boshqalari CentOS,
qolganlari
Windows
Server-da
ishlaydi.
Ushbu
operatsion
tizimlarning barchasi bir-biridan mustaqil ravishda ishlaydi, ularning
har biri o‘z jarayonlarini yaratish, yakunlash va mahalliy resurslarni
210
boshqarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qiladi. Ammo har qanday
holatda ham, tarmoq orqali ishlaydigan kompyuterlarning operatsion
tizimlari
tarmoqdagi
turli
xil
kompyuterlarda
ishlaydigan
jarayonlarning
o‘zaro
ta’sirini
tashkil
qilish
va
ushbu
kompyuterlarning resurslarini tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida
almashish uchun o‘zaro kelishilgan aloqa protokollar to‘plamini o‘z
ichiga olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |