211
ulanadi. Qurilmalar kabellar bilan fizik bir-biriga bog‘langan, lekin
kabellar markazlashtirilgan boshqaruv mexanizmi orqali o‘tmaydi.
Barcha topologiya oxirida signallarni
ifodolovchi terminatorlar
joylashadi. Xabarlar bitta mashina orqali hammaga jo‘natiladi va faqat u
kimga mo‘ljallangan bo‘lsa o‘sha uni qabul qiladi. Bunday tarmoq juda
arzon va sozlash oson hisoblanadi. Kamchiligi umumiy kabel va
terminator tizimidan chiqishda ishni rad etishi hisoblanadi. Shuningdek
tarmoqni shikastlangan joyini topish qiyin.
6.1- rasm. Shina topologiyasi asosida qurilgan tarmoq
Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha
uzatishi mumkin, chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi.
Aks holda
ustma ust (konflikt) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi.
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga
nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi.
Shuni
hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chetdagilardan
tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: