215
Nizolarni hal qilish. Tarmoq bu umumiy resurs. Uni ishlatish
bo‘yicha ziddiyatli so‘rovlar qanday hal qilinadi?
Tarmoqda nomlarni belgilash va ruxsat.
Tarmoqdagi tizimlar
(mashinalar) nomlarga ega. Xabarlar jarayon raqamlari bilan
aniqlanadi. Masofadagi tizimda jarayon
identifikatori> juftligi bilan aniqlanadi. Tarmoqdagi nomlarga global
ruxsat uchun domen nomi tizimi (DNS - Domain Name System)
ishlatiladi, bu mashinalarning nomlanish tuzilishini, shuningdek,
nomni
IP
manzilga
o‘zgartirishni ta’minlaydi. Internetdagi
mashinaning domen nomiga misol: tuit.uz bu Toshkent axborot
texnologiyalari universitetining domen nomidir. Protokol va DNS
xizmatlaridan foydalangan holda, domen nomlari tarmoqdagi maxsus
mashinalarning raqamli IP manzillariga aylantiriladi, masalan,
100.200.150.2.
Marshrutlash algoritmi
Har bir tarmoq ma’muri uchun marshrutlash jarayoni eng muhim
ahamiyatga
ega.
Marshrutlash
-
bu
aloqa
tarmoqlarida
ma’lumotlarning
yo‘nalishini
aniqlash
jarayoni.
Yo‘nalishlar
ma’muriy ravishda belgilanishi yoki marshrutlash protokollari
yordamida olingan topologiya va tarmoq holati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga asoslangan marshrutlash algoritmlari yordamida
hisoblanishi mumkin. Tarmoqlarda marshrutlash uchun maxsus
tarmoq qurilmalari marshrutizatorlar (routers) ishlatiladi.
Marshrutizator - bu asosan dasturiy ta’minot asosida
boshqariladigan tarmoqlararo qurilma bo‘lib, ikkita turli xil mahalliy
tarmoqlar yoki turli xil protokol manzillariga ega bo‘lgan ikkita
tarmoq segmentlari o‘rtasida trafikni yo‘naltiradi.
Bizga ma’lumki, marshrutlashning statik va dinamik turlari
mavjud. Kichik tarmoqlarda statik marshrutlashdan foydalanish ayni
muddao. Ammo tarmoq hajmining ortishi (ya’ni foydalanuvchilar soni
keskin oshishi) va katta tarmoqlarda statik marshrutlash tarmoq
ma’murlariga yetarlicha qiyinchilik tug‘diradi. Bunday hollarda
marshrutlashning dinamik usuli ancha samarali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: