216
minimallashtiriladi;
Belgilangan marshrutlashni yuklashni o‘zgartirish uchun
moslashtirib bo‘lmaydi;
Xabarlar qanday yuborilgan bo‘lsa, huddi
shu tartibda qabul
qilinishi ta’minlanadi.
Dinamik marshrutlash
. A-dan B-ga xabar yuborish uchun yo‘l,
ushbu xabarni yuborish vaqtida aniqlanadi. Odatda tizim boshqa
tizimga ulanish orqali xabar yuboradi. Usul yuklanishlarni
o‘zgartirishga moslashtirilgan, chunki u juda ko‘p ishlatiladigan
ulanishlar
orqali
xabarlarni
yuborishdan
qochadi.
Dinamik
marshrutlash algoritmlari tarmoqning o‘zgaruvchan
sharoitlariga real
vaqtda moslashadi. Buni, kelgan marshrutni yangilash
xabarlarini
tahlil qilish orqali amalga oshiradilar. Xabarda tarmoq almashinuvi
sodir bo‘lganligini bildirsa, marshrutlash dasturi marshrutlarni qayta
hisoblab chiqadi va yangi marshrutlash (yangilanish) xabarlarini
yuboradi. Dinamik marshrutlash algoritmlari, kerak bo‘lganda, statik
marshrutlarni to‘ldirishi mumkin.
Ma’lumotlarni uzatish har doim ham muammosiz amalga
oshirilmaydi. Masalan, noto‘g‘ri tugun yoki tarmoq tufayli manzilga
yetib bormaslik kabi xatolarga olib keladigan sharoitlar yuzaga kelishi
mumkin.
Bunday
hollarda,
marshrutizator
va
marshrutlash
protokollari garchi ular xatoni tuzatishga harakat qilmasa ham, xatolik
haqida xabar beradi. Xatolarni tuzatish
tarmoq arxitekturasining
boshqa darajalaridagi protokollarga qoldiriladi. Quyida biz eng ko‘p
ishlatiladigan
dinamik
marshrutizatsiya
protokollarini
ko‘rib
chiqamiz.
RIP
(Routing Information Protocol) – eng oddiy marshrutlash
protokoli hisoblanadi. U kichik kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladi.
U marshrutizatorlarga qo‘shni marshrutizator tomonidan olingan yo‘l
(marshrut) ma’lumotlarini dinamik ravishda yangilashga imkon
beradi. RIP protokoli 15 tagacha marshrutizatorlarni qo‘llab-
quvvatlaydi. RIP protokolida eng kam sonli o‘tish har doim tanlanadi.
Ushbu vektor masofasini aniqlash algoritmini bajarish oson, ammo
zamonaviy tarmoq sharoitida u eng yaxshi bo‘lmasligi mumkin,
chunki u boshqa muhim omillarni, masalan,
tarmoqli kengligi,
ma’lumot ustuvorligi yoki tarmoq turini hisobga olmaydi.
OSPF
(Open Shortest Path First) – bu bog‘lanish holati (link-
state) texnologiyasiga asoslangan dinamik marshrutlash protokoli va
217
qisqa yo‘lni topish uchun Dijkstra algoritmidan foydalanadi. OSPF
protokoli marshrutizatsiya ma’lumotlarini uzatish uchun xabarlarni
almashishda 5 ta turdagi paketlarni ishlatadi. Salomlashish (hello)
paketi, ma’lumotlar bazasini tavsiflovchi paket, kanal holati paketi,
kanal
holatini yangilash paketi, kanal holatini tasdiqlash paketi. Bu
paketlar qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq
to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida marshrutizatsiya
ma’lumotlarini almashish uchun ishlatiladi.
BGP
(Border Gateway Protocol) – Internet tarmog‘ida
ishlatiladigan asosiy dinamik marshrutlash protokoli hisoblanadi. BGP
marshrutizatorlari tarmoq mavjudligi haqida ma’lumot almashadilar.
Tarmoq ma’lumoti bilan birgalikda, ushbu tarmoqlarning turli
xususiyati va holatlari uzatiladi, BGP eng yaxshi yo‘nalishni tanlaydi
va marshrut siyosatini yuritadi. Yo‘nalish ma’lumoti
bilan
uzatiladigan asosiy xususiyatlardan biri bu axborot uzatilgan avtonom
tizimlar ro‘yxatidir. Ushbu ma’lumot BGP ga tarmoqning qayerda
avtonom tizimlari joylashganligini aniqlashga, marshrutlashni ilova
qilishni istisno qilishga imkon beradi va shuningdek, undan qoidalarni
konfiguratsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Marshrutlash bir
avtonom tizimdan boshqasiga bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Barcha BGP siyosati asosan tashqi/qo‘shni
mustaqil tizimlar bilan
bog‘liq. Ya’ni ular bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar qoidalari
tasvirlangan. BGP katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlayotganligi
sababli (IPv4 uchun mavjud jadval hajmi 450 mingdan ortiq
marshrutni tashkil qiladi), uning konfiguratsiyasi va ishlash
tamoyillari ichki dinamik marshrutlash protokollaridan (IGP - interior
gateway protocol – ichki shlyuz protokoli) farq qiladi.
Aloqa tarmog‘i uzatilayotgan ma’lumotlarning
mazmuni bilan
emas, balki ma’lumotni bir nuqtadan boshqasiga o‘tkazish bilan
bog‘liq. Tarmoq ulanishlarining (kommutatsiya) quyidagi turlari
mavjud:
Dostları ilə paylaş: