281
usulidir. Ammo, uzoq vaqt davomida bir nechta tugunlar uzatilganda,
tugundan tugunga o‘tishda ortiqcha sarflar bo‘lishi mumkin. Bu esa
boshqa usullarni translyatsiyaning qisqa va uzluksiz bo‘lishiga yoki
fayllarni uzatishning katta sessiyalaridagi kabi uzoq va uzluksiz
bo‘lishiga bog‘liq ravishda qo‘llash afzalliklariga asos bo‘ladi.
Zahiralash texnikasi uzoq va doimiy trafik uchun juda mos
keladi. Muhitning kirish vaqti slotlarga bo‘linadi hamda tugun
kelajakda foydalanish uchun kelgusi vaqt slotlarini rezervlashi
mumkin. Ushbu usul host kompyuterga bitta kirish/chiqish porti orqali
ulangan bir nechta terminallar bilan konfiguratsiya uchun yaxshi
bo‘lishi mumkin.
Ziddiyatlar usuli qisqa va uzilishli trafik uchun yaxshiroqdir.
Kimning navbati uzatilishini aniqlashga harakat qilinmaydi, shuning
uchun tugunlar muhitga kirish uchun raqobatlashadi. Shuning uchun,
u yengil trafikdan mo‘tadil trafikka qadar yaxshi ishlaydi, ammo
yuklanganlik oshganida xatolik va to‘xtalishlarga moyil. Ushbu
usulning asosiy afzalligi shundaki, uni amalga oshirish oson. Hozirda
foydalanilayotgan kirish protokollari avval aytib o‘tilgan usulga
asoslangan bo‘lib, bu yerda lokal tarmoq muhitidagi roli xususida
muhokama qilindi.
Dostları ilə paylaş: