294
VIIIBOB. OPERATSION TIZIMLARDA XAVFSIZLIK
MASALALARI
8.1. Operatsion tizimning asosiy xavfsizlik masalalari
Kompyuter xavfsizligi mavzusi juda keng bo‘lib, fizik va
ma’muriy nazorat,
shuningdek, avtomatik boshqaruv turlari
masalalarini qamrab oladi. Kompyuter tizimlarida saqlanadigan
ma’lumotlar hajmi oshgani sayin, axborotni himoya qilish zarurati
ham oshadi. Ma’lumotni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish operatsion
tizimlarning asosiy vazifalaridan biridir. Afsuski, ushbu maqsadga
erishish tobora qiyinlashib bormoqda. Ma’lumotlarga ruhsatsiz kirish
va foydalanishdan himoya qilish barcha operatsion tizimlarning asosiy
vazifasiga aylanadi. Ushbu bobda operatsion tizimlar uchun
kompyuter xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Avtonom kompyuter tizimini turli xil yo‘llar bilan tashqi
hujumlardan samarali himoya qilish mumkin, masalan, parol qo‘yish,
qattiq diskni yechish va uni xafvsiz yerga (seyfga) joylash. Tarmoqda
ishlaydigan kompyuterlarda xavfsizlikni ta’minlash ancha murakkab
vazifadir.
Axborot tizimlarining xavfsizligi sohasida odatda ikkita
muammo mavjud: kompyuter xavfsizligi va tarmoq xavfsizligi.
Kompyuterni
xavfsizligi:
avtonom
tizim
sifatida
qaraladigan kompyuterda qayta ishlanadigan va saqlanadigan
ma’lumotlar himoyasi bilan bog‘liq barcha muammolarni o‘z ichiga
oladi.
Ushbu muammolar operatsion tizimlar va amaliy dasturlar,
masalan, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yoki korxona
resurslarini boshqarish tizimi, shuningdek, o‘rnatilgan kompyuter
qurilmalari yordamida hal qilinadi.
Dostları ilə paylaş: