U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   253
os

 
 
 
 
 
 


294 
 
VIIIBOB. OPERATSION TIZIMLARDA XAVFSIZLIK 
MASALALARI 
8.1. Operatsion tizimning asosiy xavfsizlik masalalari 
Kompyuter xavfsizligi mavzusi juda keng bo‘lib, fizik va 
ma’muriy nazorat, 
shuningdek, avtomatik boshqaruv turlari 
masalalarini qamrab oladi. Kompyuter tizimlarida saqlanadigan 
ma’lumotlar hajmi oshgani sayin, axborotni himoya qilish zarurati 
ham oshadi. Ma’lumotni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish operatsion 
tizimlarning asosiy vazifalaridan biridir. Afsuski, ushbu maqsadga 
erishish tobora qiyinlashib bormoqda. Ma’lumotlarga ruhsatsiz kirish 
va foydalanishdan himoya qilish barcha operatsion tizimlarning asosiy 
vazifasiga aylanadi. Ushbu bobda operatsion tizimlar uchun 
kompyuter xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqiladi. 
Avtonom kompyuter tizimini turli xil yo‘llar bilan tashqi 
hujumlardan samarali himoya qilish mumkin, masalan, parol qo‘yish, 
qattiq diskni yechish va uni xafvsiz yerga (seyfga) joylash. Tarmoqda 
ishlaydigan kompyuterlarda xavfsizlikni ta’minlash ancha murakkab 
vazifadir.
Axborot tizimlarining xavfsizligi sohasida odatda ikkita 
muammo mavjud: kompyuter xavfsizligi va tarmoq xavfsizligi. 

Kompyuterni 
xavfsizligi:
avtonom 
tizim 
sifatida 
qaraladigan kompyuterda qayta ishlanadigan va saqlanadigan 
ma’lumotlar himoyasi bilan bog‘liq barcha muammolarni o‘z ichiga 
oladi.
 
Ushbu muammolar operatsion tizimlar va amaliy dasturlar, 
masalan, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yoki korxona 
resurslarini boshqarish tizimi, shuningdek, o‘rnatilgan kompyuter 
qurilmalari yordamida hal qilinadi. 


Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin