287
7.37- rasm. Server nomlari ierarxiyasi
Zona (Zone)
To‘liq domen nomlari ierarxiyasini bitta serverda saqlash
imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, u ko‘p serverlar orasida
taqsimlanadi. Server javobgar bo‘lgan yoki uning vakolatiga ega
bo‘lgan tushuncha zona deb nomlanadi. Biz zonani butun daraxtning
qo‘shni qismi sifatida belgilashimiz mumkin. Agar server domen
uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olsa va domenni kichik
domenlarga ajratmasa, «domen» va «zona» aynan bir tushunchani
anglatadi. Server zonali fayl deb nomlangan ma’lumotlar bazasini
yaratadi va ushbu domen ostidagi har bir tugun uchun barcha
ma’lumotlarni saqlaydi. Agar server o‘z domenini quyi domenlarga
ajratsa va o‘z vakolatlarining bir qismini boshqa serverlarga topshirsa,
"domen" va "zona" turli xil tushunchalarni anglatadi. Ost-
domomenlardagi tugunlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar pastki darajadagi
serverlarda saqlanadi va yuqori darajadagi server ushbu pastki
darajadagi serverlarga havolani saqlaydi. Albatta, yuqori darajadagi
server o‘zini javobgarlikdan butunlay ozod qilmaydi: u hanuzgacha
zonaga ega, ammo batafsil ma’lumot quyi darajadagi serverlarda
saqlanadi (7.38- rasmga qarang).
Server, shuningdek, o‘z domenining bir qismini ajratishi va
javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi mumkin, ammo baribir domenning
bir qismini o‘zi uchun saqlab qoladi. Bunday holda, uning zonasi
vakolat berilmagan domenning qismi uchun batafsil ma’lumot va
vakolat berilgan qismlarga havolalar mavjud.
Dostları ilə paylaş: