282
edi. Bunga qo‘shimcha ravishda, har safar biron bir o‘zgarish
bo‘lganda, barcha host fayllarini yangilab bo‘lmaydi.
Bitta yechim
host faylni bitta kompyuterda saqlash va xaritalashga muhtoj bo‘lgan
har bir kompyuterga ushbu markazlashtirilgan ma’lumotdan
foydalanishga imkon berishdir. Ammo biz bilamizki, bu Internetda
katta hajmdagi trafikni keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda ishlatiladigan yana bir yechim bu katta hajmdagi
ma’lumotni kichik qismlarga bo‘lish
va har bir qismini boshqa
kompyuterda saqlashdir. Ushbu usulda xaritalashni talab qiladigan
host kerakli ma’lumotlarni ushlab turgan eng yaqin kompyuter bilan
bog‘lanishi mumkin. Ushbu usul Domen Nomlari Tizimi (DNS)
tomonidan qo‘llaniladi. 7.33- rasmda TCP/IP
qanday qilib DNS
mijozdan va DNS serverni nomni manzilga xaritada ko‘rsatish uchun
qanday foydalanishi keltirilgan, teskari xaritalash ham huddi shu
ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
7.33- rasm. DNS maqsadi
7.33- rasmda foydalanuvchi masofaviy
hostda ishlaydigan fayl
uzatish ser-veriga kirish uchun fayl uzatish mijozidan foydalanishni
xohlaydi. Foydalanuvchi faqat fayl uzatish serverining nomini biladi,
masalan forouzan.com. Biroq, TCP/IP to‘plamiga
ulanish uchun fayl
uzatish serverining IP manzili kerak. Quyidagi oltita bosqichda host
nomini IP manzilga xaritalash ko‘rsatilgan.
1.
Foydalanuvchi host nomini fayl uzatish mijoziga jo‘natadi.
2.
Fayl uzatish mijozi DNS mijozga host nomini yuboradi.
Foydalanuvchi
Host nomi
Host
nomi
IP
manzil
DNS
mijoz
Mijoz
fayli
uzatish
IP manzil
DNS
server
Amaliy
qatlam
Trasnport qatlami
Javob
So‘rov
283
3.
Har bir kompyuter yuklangandan so‘ng bitta DNS serverning
manzilini biladi. DNS mijoz DNS serverga DNS serverning ma’lum
IP manzilidan foydalanib, fayl jo‘natish serverining nomini beradigan
so‘rov bilan xabar yuboradi.
4.
DNS server kerakli fayl jo‘natish serverining IP manzili bilan
javob beradi.
5.
DNS mijozi IP manzilni fayl jo‘natish serveriga yuboradi.
6.
Endi fayllarni jo‘natish mijozi fayllarni jo‘natish serveriga
kirish uchun qabul qilingan IP manzilidan foydalanadi.
E’tibor bering, Internetga kirishning maqsadi fayllarni jo‘natish
mijozi va server o‘rtasida aloqa o‘rnatishdir,
ammo bu sodir
bo‘lishidan oldin DNS mijoz va DNS server o‘rtasida boshqa ulanish
kerak. Boshqacha aytganda, biz ikkita ulanishga muhtojmiz; masalan,
birinchisi, nomni IP manzilga solishtirish uchun; ikkinchisi fayllarni
jo‘natish uchun.
Dostları ilə paylaş: