Asimmetrik shifrlash algoritmi Asimmetrik shifrlash algoritmi ochiq kalitga asoslangan, bu esa
simmetrik shifrlashdagi muammoni yechadi.
1970-yillarning o‘rtalarida ikkita olim — Vinfild Diffi va Martin
Xellman — ochiq kalit yordamida shifrlash tamoyilini tushuntirib
berishdi. Ochiq kalit yordamida shifrlashni asosiy jihati shundan
iboratki, bunda bir vaqtni o‘zida ikkita unikal juft kalitlar generatsiya
qilinadi. Birinchi kalit shifrlashda ishlatilsa, ikkinchi kalit
deshifrlashda ishlatiladi yoki aksincha (bu shifrlash algoritmida ikkita
turli xil kalitlar ishlatiladi). Ushbu algoritmda shifrlash va parolni
ochish uchun turli xil kalitlardan foydalaniladigan xususiyatga ega va
agar yaxshi tanlangan shifrlash kaliti bo‘lsa, tegishli shifrlash kalitini
ochish deyarli mumkin emas. Bunday sharoitda shifrlash kaliti oshkor
qilinishi mumkin va faqat deshifrlash kaliti sir saqlanadi.
8.5- rasm. Asimmetrik shifrlash algoritmi sxemasi
RSA kriptoalgoritmi 1978 yilda 3 ta olim (Rivest, Shamir va Adleman) ochiq kalit
yordamida shifrlash tizimi Diffi-Xellman tamoyillariga to‘liq javob
beradigan RSA (Rivest, Shamir, Adleman) kriptoalgoritmini ishlab
chiqishdi. Bu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
1.
Ikkita juda katta oddiy r va q tasodifiy tarzda tanlanadi.
2.
n=p∙q va φ(n) = (p - 1)∙(q - 1) (
Eyler ) tenglamalari hisoblanadi.
3.
e <φ(n) va φ(n) bilan umumiy bo‘luvchiga ega bo‘lmagan e soni
tanlanadi.
4.
1 < d < φ(n) va mod(d·e - 1, φ(n)) = 0 shart bo‘yicha d
tanlanadi.
5.
Ochiq kalit – {e, n}, yopiq kalit – {d, n} juftliklari hosil qilinadi.
6.
Shifrlash uchun
c = mod(m e , n) hisoblanadi.
7.
Deshifrlash uchun
m = mod(c d , n) hisoblanadi.
321
8.6- rasm. Ochiq va yopiq kalitlarni ishlatilishi sxemasi
DES
va
RSA
algoritmlarining
solishtirma
tavsilotlari
8.7- jadvalda keltirilgan.
8.7- jadval