328
yaratish vositasi sifatida ishlatish mumkin. SSH ning birinchi
versiyasi 1995-yilda Xelsinki Texnologiyalar
Universitetining
tadqiqotchisi tomonidan universitet parolni o‘g‘irlash xurujining
qurboni bo‘lganidan keyin chiqilgan.
Hypertext Transport Protocol Secure (HTTPS)
. TLS va SSL-
ning keng tarqalgan foydalanish maqsadlaridan biri bu brauzer va veb-
server o‘rtasida Hypertext Transport Protocol (HTTP)
aloqasini
ta’minlashdir. Ushbu himoyalangan versiya aslida "oddiy" HTTP
bo‘lib, u SSL yoki TLS orqali yuborilgan va Hypertext Transport
Protocol Secure (HTTPS) deb nomlanadi. HTTPS HTTP 80 portining
o‘rniga 443 portidan foydalanadi. Foydalanuvchilar URL manzillarini
http:// o‘rniga https:// bilan kiritishlari kerak.
HTTP uchun boshqa
kriptografik transport protokoli Secure Hypertext Transport Protocol
(SHTTP) edi. Biroq, bu HTTPS kabi
xavfsiz emas edi va hozir
eskirgan deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: