357
Aynan manzillash tizimi diskdagi bo‘sh va band bloklarning
ko‘pchiligadan kerakli faylni topishga imkon beradi. Ext2 fayl tizimi
fayl bloklarini manzillashning quyidagi sxemasidan foydalanadi.
Faylning manzilini saqlash uchun har bir 4 baytdan iborat 15
maydonlar ajratilgan. Agar faylning kattaligi 12 blok yoki undan
kamroq bo‘lsa, bu klasterlar raqamlari manzilning bevosita birinchi 12
maydonida sanab o‘tiladi. Agar faylning kattaligi 12 blokdan ko‘proq
bo‘lsa, u holda 13- maydonda klaster manzili joylashadi va unda
faylning quyidagi bloklar raqamlari joylashtirilishi mumkin. Shunday
qilib manzilning 13-chi elementi bilvosita manzillash uchun
foydalaniladi. Blokning maksimal, ya’ni 4096 baytga teng, kattaligida
13-chi elementda fayl ma’lumotlari quyidagi klasterlarining 1024
raqamigacha joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Agar faylning kattaligi
12+1024 blokdan ko‘proq bo‘lsa, 14-chi maydon blokdan
foydalaniladi; unda har birida 1024 raqam mavjud fayl ma’lumotlari
bloklarining 1024 raqami saqlandigan bloklar joylashgan blokning
raqami bor. Bu yerda endi ikkilangan bilvosita manzillash qo‘llaniladi.
Va nihoyat agar fayl o‘z ichiga 12+1024+1048576 = 1049612 dan
ko‘proq bloklarni qamrab olgan bo‘lsa, unda 15-chi maydon uch
marta katta bilvosita manzillash uchun foydalanadi. Shunday qilib
yuqori ta’riflangan manzillash tizimi blokning maksimal kattalagi 4
Kb bo‘lganida faylning kattaligi 2 terabayt va undan ko‘proq bo‘lishi
mumkin.
Ext3
(Third Extended Filesystem) – ext2 fayl tizimining
yangilangan ko‘rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar
bilan ishlash) qo‘llanilgan. Diskda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning
barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetganda
shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo‘ladi. Jurnallar bilan
ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
Dostları ilə paylaş: