U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   253
os

Plug and Play drayveri
(Plug and Play driver): ma’lum bir 
qurilmani qo‘llab-quvvatlash uchun qaysi drayverlar talab qilinishini 
aniqlaydi va ushbu drayverlarni yuklaydi.

Quvvat menejeri
(power manager): turli xil qurilmalar 
o‘rtasida quvvatni boshqarishni muvofiqlashtiradi va ishlamayotgan 
qurilmalarni o‘chirish, protsessorni uyqu rejimiga o‘tkazish va hatto 
butun xotirani diskka yozish va butun tizimni o‘chirish orqali quvvat 
sarfini kamaytirish uchun sozlanishi mumkin.

Xavfsizlik ma’lumotnoma monitori
(security reference 
monitor): kirishni boshqarish qoidalarini va auditni shakllantirishni 
ta’minlaydi. Windows barcha himoyalangan obyektlar fayllar, 
jarayonlar, xotira maydonlari, kiritish/chiqarish qurilmalari uchun 
kirishni boshqarish va tekshirish uchun bir xil usullardan foydalanadi.

Virtual xotirani boshqarish 
(virtual memory management): 
virtual manzil, fizik xotira va diskdagi fayl sahifalarini boshqaradi. 
Jarayonning virtual manzillarini kompyuter xotirasidagi fizik 


370 
sahifalarga joylashtiradigan qurilmalar va xotirani boshqarish 
tuzilmalarini boshqaradi. 

Jarayon/oqim menejeri
(process/thread manager): jarayon 
va oqim obyektlarini yaratadi, boshqaradi va o‘chiradi. 

Konfiguratsiya menejeri
(configuration manager): u tizim 
ro‘yhatga olishini joriy qilish va boshqarish uchun javobgardir, bu 
tizim parametrlari va har xil parametrlarning individual sozlamalari 
saqlanadigan ombor hisoblanadi.

Kengaytirilgan mahalliy protsedura chaqirig‘i vositasi 
(Advanced local procedure call (ALPC) facility): u xizmatlarni va 
quyi tizimlarni amalga oshiradigan mahalliy jarayonlar o‘rtasidagi 
aloqa uchun samarali jarayonlar protsedurasini chaqirish mexanizmini 
joriy etadi. 


Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin