U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253
os

Qurilma abstraksiyasi darajasi
(Hardware abstraction layer 
- HAL): Umumiy qurilma buyruqlari va javoblar va ma’lum bir 
platformaga xos bo‘lgan xaritalar. U OTni platformadagi maxsus 
qurilma farqlaridan ajratib turadi. HAL tufayli har bir kompyuterning 
tizim shinasi, xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish (DMA) kontrolleri, 
uzilishlar kontrolleri, tizim taymerlari va xotira kontrolleri, bajaruvchi 
(Execution) va yadro komponentlari uchun bir xil ko‘rinishga ega 
bo‘ladi. Bundan tashqari, SMP uchun zarur bo‘lgan yordamni taqdim 
etadi. 

Qurilma drayverlari
(device drivers): bajarish funksiyasini 
kengaytiradigan 
dinamik 
kutubxonalar. 
Bunga 
foydalanuvchi 
kiritish/chiqarish funksiyasi chaqirig‘ini ma’lum qurilma vositalariga 
kiritish/chiqarish so‘rovlari va fayl tizimlarini, tarmoq protokollarini 
va yadro rejimida ishlashi kerak bo‘lgan boshqa har qanday tizim 


369 
kengaytmalarini amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot qismlarini 
tarjima qiladigan qurilma vositalari drayverlari kiradi. 

Oynalar va grafik tizim
(Windowing and graphic system): 
GUI funksiyalarini bajaradi, masalan, oynalar bilan ishlash, 
foydalanuvchi interfeysini boshqarish va chizish.
Windows bajaruvchisi maxsus tizim komponentlarini o‘z ichiga 
oladi va foydalanuvchi rejimi dasturi uchun API ni taqdim etadi. 
Quyida har bir boshqaruv modulining qisqacha tavsifi keltirilgan:

Kiritish/chiqarish 
menejeri
(I/O 
manager): 
kiritish/chiqarish qurilmalarini dasturga kirish imkoniga ega bo‘lishini 
ta’minlaydi va keyingi qayta ishlash qurilmasi uchun mos keladigan 
drayverlarni yuborish uchun javobgardir. 

Kesh menejeri
(cache manager): fayllarga asoslangan 
kiritish/chiqarish operatsiyalarini samaradorligini oshiradi. 

Obyekt menejeri
(object manager): jarayonlar, oqimlar va 
sinxronizatsiya 
obyektlari 
kabi 
resurslarni 
ifodalash 
uchun 
foydalaniladigan 
Windows 
bajaruvchi 
obyektlarini 
yaratadi, 
boshqaradi va yo‘q qiladi. Obyektlarni saqlash, nomlash va 
xavfsizlikni ta’minlash uchun yagona qoidalarni qo‘llaydi. Obyekt 
menejeri shuningdek har bir jarayonni tavsiflovchi jadvalida 
yozuvlarni yaratadi, bular kirishni boshqarish ma’lumotlari va obyekt 
ko‘rsatgichlaridan iborat. 


Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin