78
navbatdan jarayonlarni tanlash algoritmi zarur bo‘ladi. Navbatlar
orasidagi rejalashtirish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Qayd etilgan ustuvorlikli – asosiy navbatdan, keyin fon
navbatdan barcha jarayonlarga xizmat ko‘rsatish. Bunda “och qolish”
ehtimolligi mavjud.
Vaqt oralig‘ini ajratish – har bir navbat qandaydir protsessor
vaqt oralig‘ini oladi, u jarayonlar orasida taqsimlanishi mumkin,
masalan, 80% asosiy navbatdagi RRga va 20% fon navbatdagi
FCFSga taqsimlanishi mumkin.
2.24- rasmda jarayonlarni rejalashtirish uchun ko‘p darajali
navbat tuzilmasiga real misol keltirilgan.
2.24- rasm. Ko‘p darajali navbatni rejalashtirishga misol
Eng yuqori ustuvorlikka tizim jarayonlari ega, keyin interaktiv
jarayonlar, undan past ustuvorlikka esa matn tahrirlagichlari
chaqiriladigan interaktiv jarayonlarga ega (ular foydalanuvchilarning
sekin ishlashi tufayli sezilarli katta vaqtni egallaydi), keyin paketli va
nihoyat talabalar jarayonlari keladi.
Real vaziyat shunday, lekin muallif talabalar jarayonlarini
“kamsitilishini” to‘g‘ri hisoblamaydi. Aynan ularga tizim
jarayonlaridan keyingi ustuvorlikni, masalan, diplom ishlarini himoya
qilishdan oldingi davrda berish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: