10-Маъруза:
Steklar va navbatlar. Ularni mantiqiy tasvirlash va utida amallar bajarish algoritmi.
Reja:
1. Stek va uning tadbiq qilish
2. Navbat va uning tadbiqi
3. Dek
4. Mustaqil ishlash uchun masalalar
5. Adabiyotlar
https://www.youtube.com/watch?v=AQ0dZdOMmmU&list=PLwsopmzfbOn8aR9xpU7ePK30scihq4zuW&index=10
https://www.youtube.com/watch?v=x9bCJYRTh3k&list=PLwsopmzfbOn8aR9xpU7ePK30scihq4zuW&index=9&t=28s
Kalit so‘zlar:
stek, navbat, dek, LIFO (Last In - First Out), FIFO (First In - First Out), stek cho’qqisi.
Stek va uning tadbiq qilish
Stek — bu tartiblangan elementlar to’plami bo’lib, elementni qo’shish yoki mavjud elementni o’chirish faqat oxiridan, ya’ni stek cho’qqisi deb ataluvchi elementdan ruxsat beriladi.
Stek LIFO (Last In - First Out) – oxirgi kelgan birinchi ketadi turidagi tuzilma hisoblanadi. Stek bu likomchalar taxlamiga o’xshash tuzilma bo’lib, unda zarur bo’lgan likopchani olish uchun barchasini alohida ajratib chiqish, yoki yangi likopcha qo’yilishi kerak bo’lsa, u holda eng yuqoridagi likopcha ustida qo’yilishi talab etiladi. Rasmda 6 ta elementdan iborat stekka misol keltirilgan.
1-rasm. Stekning mantiqiy ko’rinishi
Dostları ilə paylaş: |