Navbat va uning tadbiqi
Navbat – bu elementlarning tartiblangan to’plami bo’lib, bunda elementlarni qo’shish bir tomondan – tuzilma oxiridan (bu navbat oxiri deb ataladi), elementlarni o’chirish esa, tuzilmaning ikkinchi oxiri – navbat boshi deb ataluvchi tomonidan ruxsat beriladi.
NAVBATGA HAYOTDAN MISOLLAR.
Navbatning barchamizga tanish bo’lgan modeli – bu do’kondagi xaridorlar tomonidan hosil qilingan navbat hisoblanadi. Navbat FIFO (First In - First Out) – birinchi kelgan birinchi ketadi turidagi tuzilma sifatida qaraladi. Rasmda 3 ta elementdan tashkil topgan navbat tuzilmasiga misol keltirilgan.
2-rasm. Navbatning mantiqiy ko’rinishi
Navbat tuzilmasi ommaviy xizmat ko’rsatish masalalarini modellashtirishda ham qo’llaniladi (masalan, banklarda mijozlarga xizmat ko’rsatish).
Dostları ilə paylaş: |