14
foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy
kompyuterlar davri boshlandi.
Arxitektura
jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar
turlari sinflaridan hech narsasi bilan farq qilmas edi,
faqat ularning
narxlarida farq bo‘ldi. Minikompyuterlar korxona va universitetning
bo‘limlariga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan
bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson
uchun yaratdi.
Kompyuterlardan hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis
bo‘lmaganlar ham keng ko‘lamda
foydalana boshladilar, bu esa o‘z
navbatida “do‘st” dasturiy ta’minotni yaratishni talab etdi, bu
dasturchilarni alohida o‘rnidan qo‘zg‘atdi.
Operatsion tizimlar bozorida ikkita tizim ustunlik qila
boshladilar: MS-DOS va UNIX OT lari. Bir foydalanuvchili MS-DOS
OT lari Intel 8088 asosida qurilgan mikroprotsessorlar,
va keyin
80286, 80386 va 80486 asosida qurilgan kompyuterlarda foydalanildi.
Multidasturli, ko‘p foydalanuvchili UNIX operatsion tizimi Intel
bo‘lmagan kompyuterlar muhitida ustunlik qila boshladi, ayniqsa
yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan RISC-protsessorlar uchun.
Tarmoq OTlarida, foydalanuvchi tarmoqda boshqa kompyuterlar
mavjudligi haqida bilishlari va boshqa kompyuterga uning
resurslaridan,
asosan
fayllaridan
foydalanish
uchun
boshqa
kompyuterga mantiqan kirishlari kerak edi.
Tarmoqdagi har bir mashina, kompyuterning avtonom
operatsion
tizimidan tarmoqda ishlashga imkon beradigan qo‘shimcha vositalarga
ega bo‘lgan lokal operatsion tizimi vazifasini bajaradi.
Tarmoq operatsion tizimi, bir protsessorli kompyuter operatsion
tizimidan asosli farq qilmaydi. Ularning tarkibida, albatta, tarmoq
interfeysini qo‘llovchi (tarmoq adapteri drayveri) va shu bilan birga
tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga masofadagi
kirish vositalari va
masofadagi fayllarga murojaat vositalari mavjuddir, ammo bu
qo‘shimchalar operatsion tizimni tuzilishini tubdan o‘zgartirmaydi.
Hisoblash tizimlarini rivojlanishi bosqichlarini ko‘rib chiqib, biz
rivojlanish jarayonida klassik OT lar bajargan 6 ta asosiy
funksiyalarni ajratishimiz mumkin:
vazifalarni (yoki topshiriq) rejalashtirish
va protsessordan
foydalanish;
15
dasturlarni kommunikatsiya va sinxronizatsiya vositalari bilan
ta’minlash;
xotirani boshqarish;
fayl tizimini boshqarish;
kiritish/chiqarishni boshqarish;
xavfsizlikni ta’minlash.
Har bir keltirilgan funksiyalar odatda OT tarkibidagi
komponentalaridan biri sifatida amalga oshirilgan. Ular boshidanoq,
OT komponenti sifatida yaratilgan emas,
ular rivojlanish jarayonida
yuzaga keldi.
Inson yaratgan hisoblash tizimi rivojlanishi
(evolyutsiyasi) shu yo‘ldan ketdi, ammo hech kim bu yo‘l
rivojlanishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li deb isbot qilaolmaydi.
Dostları ilə paylaş: