115
kadrlari deb ataladi (page frames). Sahifalar (va sahifa kadrlari)
odatda 2 sonini darajasidan iborat bo‘lgan belgilangan qat’iy
uzunlikka egadir va ular bir-biri bilan kesishmaydi.
Har bir kadr
ma’lumotlarning bir sahifasini o‘z ichiga oladi xotirani bunday tashkil
etishda tashqi bo‘linish (fragmentatsiya) bo‘lmaydi va ichki
bo‘linishdan kelib chiqadigan yo‘qotish faqat oxirgi sahifalardan kelib
chiqadigan yo‘qotish bilan chegaralanadi.
Sahifali tizimda mantiqiy manzil - tartiblangan juftlikdan (p, d)
iborat, bu yerda p virtual xotira sahifasi tartib raqami, d esa bu sahifa
doirasidagi element o‘rnini bildiradi. Manzil manzilini sahifalarga
bo‘lish
xisoblash tizimi tomonidan, dasturchi aralashmagan holda
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham, manzil,
operatsion tizim
nuqtai nazaridangina ikki o‘lchamlidir, dasturchi nuqtai nazaridan esa
jarayon manzili chiziqli hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan sxema, jarayonlarni to‘liq joylashtirish
uchun kadrlarning uzluksiz sohasi yetarli bo‘lmagan
hollarda ham,
jarayonni yuklash imkonini beradi. Ammo, bu sxemada manzilni
translyatsiyalash uchun bitta asos registri yetarli emas.
Mantiqiy
manzillarni
fizik manzillarda aks ettirish, mantiqiy sahifalarni fizik
sahifalarda aks ettirishga keltiriladi va operativ xotirada saqlanadigan
sahifalar jadvalidan iborat bo‘ladi. Ba’zida, sahifalar jadvali – jadval
ko‘rinishidagi chiziqli bo‘lakli funksiya ham deyiladi. Mantiqiy
manzilning bog‘lanishi 3.15-rasmda ko‘rsatilgan.
Bunda bajariladigan jarayon v = (p, d) mantiqiy manzilga
murojaat qiladi, va aks ettirish mexanizmi sahifa tartib raqami r ni
sahifalar jadvalidan qidiradi, bu sahifa r* sahifa kadrida
joylashganligini aniqlaydi va real manzil r* ni d ga aylantiradi.
Xotirani sahifali tashkil etish (Paging) deyarli barcha operatsion
tizimlarda ishlatiladigan eng keng tarqalgan xotirani boshqarish
algoritmidir.
Sahifalar jadvali (page table) protsessorning maxsus registrida
manzillashtiriladi va kadrlar raqamini mantiqiy manzil bo‘yicha
aniqlashga yordam beradi.
Bu asosiy masaladan tashqari sahifalar jadvali qatorida yozilgan
atributlar yordamidan aniq sahifaga
murojaat nazorati va uni
himoyasini tashkil etish mumkin.
116
3.15- rasm. Xotirani sahifali tashkil etishda mantiqiy va fizik
manzillarning bog‘lanishi
3.16- rasm. Sahifani tashkil qilishga misol
Dostları ilə paylaş: